Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga “Navro`z bayrami” matni o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi.
Navro`z – yangi kun demakdir. 21-mart- Navro`z bayrami. Navro`zda tabiat uyg`onadi. Birinchi bo`lib chuchmoma, boychechaklar ochiladi. Onalarimiz sumalak pishiradilar. Yalpiz, jag-jag`, ismaloq kabi ko`katl;ardan terib, ko`k somsalar yopadilar. Ko`chatlar ekilib, hovli-joylar supuriladi. Ko`xhlaar tozalanib, yasatiladi. Urishganlar yarashadilar. Bayramda turli tomoshalar bo`ladi. Hamma birgalikda o`ynab-kuladi.
Navro`z keldi, soz keldi.
Turna keldi, go`z keldi.
Yam-yashil chorbog`lardan
Bilbulday ovoz keldi.
Lug`at ishi o`tkaziladi:
Soz- yaxshi, juda yaxshi, chorbog`lar- atrofdagi bog`lar..
Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamalsh uchun matnni zanjir usulida o`qittitriladi. Savollarga javob beriladi.
Navro`z qachon bayram qilinadi?
Navro`zni odamlar qanday nishonlaydilar?
Bahorgi taomlarga solinadigan ko`katlar nomini ayting.
“Sirli sandiqcha” o`yini o`ynatiladi.
So`ng darslikdagi topishmoqlar ustida ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |