1. Elektrostatik maydon kuchlarining ishi. Potensial


Elektrostatik maydon. Nuqtaviy zaryad elektr maydon kuchlanganligi


Download 93.99 Kb.
bet2/4
Sana17.01.2023
Hajmi93.99 Kb.
#1097734
1   2   3   4
Bog'liq
6 – ma’ruza. Elektr maydon kuchlanganligi vektorining oqimi

2. Elektrostatik maydon. Nuqtaviy zaryad elektr maydon kuchlanganligi.
Zaryadlar orasidagi o’zaro ta’sir elektr maydoni orqali amalga oshiriladi. Har qanday zaryad atrofidagi fazoda elektr maydon hosil qiladi. Bunday maydonni unga boshqa biron musbat zaryadni joylashtirish orqali aniqlash mumkin. Bu musbat zaryadni odatda “sinash” zaryadi deb ataladi. “Sinash” zaryadi q0 ga maydon tomonidan ta’sir qiladigan kuchning darajasiga qarab shu maydonning intensivligi to’g’risida fikr yuritiladi. q zaryad hosil qilgan maydonni tekshiraylik. Buning uchun q zaryadga nisbatan masofaga q0 zaryadni joylashtiramiz (1.1-rasm), u holda q zaryad tomonidan q0 ga
(17.12)
kuch ta’sir qiladi. Bu formuladan ko’rinadiki kuch q va r dan tashqari q0 ga ham bog’liq. Agar turli miqdordagi zaryadlarni olsak, ya’ni q0, q0, . . ., larga mos holda '1, "1, . . . kuchlar ta’sir qiladi. Lekin, /q0 munosabat berilgan q va lar ychun o’zgarmas bo’lib, shu nuqtadagi maydon kattaligini aniqlaydi. Bu kattalik
= /q0 (17.13)
q0zaryad turgan nuqtadagi elektr maydonining kuchlanganligi deyiladi. Elektr maydonining kuchlanganligi maydonning kuch xarakteristikasi bo’lib, u maydonning mazkur nuqtasiga kiritilgan birlik musbat q0 zaryadga ta’sir qiluvchi kuchni ifodalaydi. Agar elektr maydonini nuqtaviy q zaryad hosil qilayotgan bo’lsa, undan masofada joylashgan nuqtadagi maydonning kuchlanganligi quyidagicha bo’ladi:
. (17.14)
Kuchlanganlik birligi (17.14) formulaga asosan [E] = 1 N/Kl bo’ladi va undan “sinash” zaryadi q0 ga ta’sir etadigan kuch =q0 topiladi. Bu formula maydonga kiritilgan ixtiyoriy zaryad uchun ham o’rinlidir:
=q . (17.15)
Agar q zaryad musbat bo’lsa, kuchning yo’nalishi vektor yo’nalishiga mos keladi, agar q manfiy ishorali bo’lsa va vektorlar o’zaro qarama- qarshi yo’nalgan bo’ladi.
Elekrostatik maydonni maydonning turli nuqtalaridagi kuchlanganlik vektori yordamida tasvirlash juda noqulay. Bunda kuchlanganlik vektorlari bir-birlariga ustma-ust tushib juda murakkab, chalkash manzara hosil qiladi.


M.Faradey tomonidan elektrostatik maydonni kuch chiziqlari yorda-mida tasvirlash taklif qilingan. Kuchlanganlik chiziqlari (kuch chiziqlari) shunday chiziqlarki, uning biron nuqtasiga o’tkazilgan urinma maydonning shu nuqtasidagi kuchlanganlik vektorining yo’nalishiga mos tushadi (rasm 1.2). Kuch-langanlikning qiymati esa shu nuqtaga kuch chiziqlariga perpendikulyar qilib joylashtirilgan birlik yuzadan o’tayotgan kuch chiziqlarining soniga teng. Kuchlanganlik chiziqlari bir-birlari bilan kesishmaydi, chunki vektor faqat bitta aniq yo’nalishga ega bo’ladi.

Download 93.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling