1-gurux kationlarining reaksiyalari


Gipsli suv, ya'ni CaSO4-2H2O ning suvdagi to'yingan eritmasi Sr2+ ioni bilan oq rangli SrSO4 cho'kmasini (loyqa) hosil qiladi. Buning sababi, gips suvda qiyin erisa-da, uning eruvchanlik ko'paytmas


Download 1.83 Mb.
bet9/24
Sana03.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1796974
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
1-gurux kationlarining reaksiyalari

2. Gipsli suv, ya'ni CaSO4-2H2O ning suvdagi to'yingan eritmasi Sr2+ ioni bilan oq rangli SrSO4 cho'kmasini (loyqa) hosil qiladi. Buning sababi, gips suvda qiyin erisa-da, uning eruvchanlik ko'paytmasi

  • 2. Gipsli suv, ya'ni CaSO4-2H2O ning suvdagi to'yingan eritmasi Sr2+ ioni bilan oq rangli SrSO4 cho'kmasini (loyqa) hosil qiladi. Buning sababi, gips suvda qiyin erisa-da, uning eruvchanlik ko'paytmasi
  • (Ks° =2,37·10-5) SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasidan
  • (Ks° = 3,2 • 10-7) 74 marta ortiq. Shuning uchun CaSO4 ning to'yingan eritmasidagi SO42+ ioni konsentratsiyasi SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasi qiymatidan ortib ketishi uchun yetarlidir. Ammo SO42+ ionining konsentratsiyasi ancha kichik bo'ladi, shu bois reaksiya natijasida SrSO4 ning cho'kmasi mo'l emas, balki sekin paydo bo'ladigan loyqasi hosil bo'ladi. Eritmani qizdirish loyqa hosil bo'lishini tezlashtiradi. BaSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasi (Ks° =1,1·10-10) SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasidan(K°s =3,2·10-7) kichik bo'lgani sababli, bariy tuzlari gipsli suv ta'siridan BaSO4 cho'kmasini SrSO4cho'kmasidan farqli ravishda tez hosil qiladi. Bundan Sr2+ ionini CaSO4 yordamida Ba2+ ioni ajratilgandan keyingina topish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.

3. Natriy gidrofosfat - Na2HPO4 Sr2+ ioni bilan pH=5-6 bo'lganda (kislotalarda, shu jumladan, sirka kislotada ham eriydigan) oq amorf cho'kma - stronsiy gidrofosfatni hosil qiladi:

  • 3. Natriy gidrofosfat - Na2HPO4 Sr2+ ioni bilan pH=5-6 bo'lganda (kislotalarda, shu jumladan, sirka kislotada ham eriydigan) oq amorf cho'kma - stronsiy gidrofosfatni hosil qiladi:
  • SrCl2 + Na2HPO4 → SrHPO4 + 2NaCl
  • pH<4 bo'lganda gidrofosfat ion digidrofosfat ionga aylanishi tufayli cho'kma qisman eriydi. pH<3 bo'lganda cho'kma to'liq erib ketadi. Neytral va ishqoriy muhitlarda o'rta tuz - Sr3(PO4)2 hosil bo'ladi.
  • 4. Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 Sr2+ ioni bilan ta'sirlashib, mineral kislotalarda, qizdirilganda esa konsentrlangan sirka kislotada ham eriydigan oq kristal cho'kma - SrC2O4 hosil qiladi:
  • SrCl2 + (NH4)2C2O4 → SrC2O4 ↓+ 2NH4Cl
  • Sr2+ + C2O42 →SrC2O4 ↓
  • Cho'ktirish sovuq eritmalarda yoki cho'ktiruvchini tez qo'shib o'tkazilsa, mayda kristal, issiq eritmalarda yoki cho'ktiruvchi sekin qo'shib o'tkazilsa, yirik kristal cho'kma hosil bo'ladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling