1. Ilk o‘rta asrlar davri Sug‘d tangalari. Ilk o‘rta asrlar davri Choch tangalari


Download 19.28 Kb.
bet2/6
Sana28.10.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1731252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu-3

Buxoro Sug‘di. Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan ushbu viloyat tangachiligida qadimiy davr Yevtidem tetradraxmalariga taqlid asosida chiqarilgan ilk sug‘diy tangalarni zarb etishning to‘xtatilishi bilan nihoyasiga yetgan.
Bir vaqtning o‘zida ham mis, ham kumushdan chiqarilgan tangalarning ikki kichik guruhida Sosoniylar tangachiligining ta'siri yaqqol bilinib turadi va bundan ushbu tangalar IV asr oxiri V asrlarda muomalaga chiqarilgan degan xulosa kelib chiqadi. Ushbu tangalarning stratigrafik taqsimlanishini o‘rganish orqali biz ularning zarb etilgan aniq vaqtini, shuningdek, ancha avvalgi vaqtlarda amal qilgan «Girkod» tangalari bilan o‘zaro nisbatini bilib olishimiz mumkin.
Buxoro Sug‘dida Sosoniy hukmdori Varaxran V (421–439)ning draxmalari andozasida birinchi sug‘d tangalari chiqarilgan va ular buxorxudot tangalari nomini olgan.
Varaxran V tangalari andozasidagi VI–VIII asr yarmiga oid Buxoro tangalari kumush pullardan iborat bo‘lib, ular Buxoro Sug‘dining turli markazlarida zarb qilingan mayda mis pullarga yirik pul – kumush tanga vazifasini o‘tagan. Shuningdek, umumviloyat maqomida orqa tomonida mehrob tasvirlangan skifat mis tangalari ham amal qilgan.
Mehrob tasvirlangan Buxoro mis tangalari VI–VII asrning ikkinchi choragida Buxoro kumush tangalari bilan parallel tarzda chiqarilganligi va ustiga kumush yurgizilganligi to‘g‘risidagi Allot de la Fyui fikri bir muncha asossiz hisoblanadi. Chunki bugungi kungacha buxoro mis tangalariga kumush yurgizilganligi to‘g‘risida birorta ishonarli fikr mavjud emas.
Xitoy namunalari asosida o‘rta qismi teshilgan quyma mis tangalari VII asrning ikkinchi yarmidagi Buxoro Sug‘dining (shuningdek, Samaraqand Sug‘dining) markazlarining birida tayyorlana boshlangan. Ularga namuna sifatida ilk Tan davrining «kay yuan tun bao» bitikli tangalari olingan. Ularning tayyorlangan yeri to‘g‘risidagi ma'lumotni orqa tomonidagi «buxorocha» belgidan bilib olish mumkin.
Yana bir Sug‘dda zarb qilingan xitoy namunasidagi tangalar Panjikentdagi topilmalardan topilgan.
VII asr oxirgi choragi – VIII asrga oid Buxoro sug‘di tangalari sirasidan old qismida tuyaning va orqa qismida olov mehrobi va sug‘diy bitik tasvirlangan tangalarni misol keltirish mumkin. Buxoro Sug‘dining kichik hududlaridan topilgan mahalliy tangalar markaziy hudularda zarb etilgan tangalarga nisbatan ancha kam topilgan. Yuqorida Poykendda zarb qilingan xitoy andozasidagi tangalar qayd etilgan edi. 1982 yilda Poykendda qayta davom ettirilgan qazilma ishlari orqali boshqa turdagi mahalliy tangalar ham zarb etilganligi to‘g‘risida ma'lumot olingan, ammo ushbu tangalar juda yomon holatda saqlanganligi bois hozircha ular haqida bir nima deyish mushkul ish hisoblanmoqda.
Old tomonida odam qiyofasining sxematik tasviri va orqa tomonida arab tilidagi bitik tasvirlangan kichik guruh mis tangalarini misol keltirish mumkin. Ularni zarb qilish VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan.

Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling