1 martdan nimalar o‘zgaradi?


Nogironligi bo‘lgan shaxslarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi


Download 72.09 Kb.
bet4/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi
Prezidentning 2021 yil 21 dekabrdagi qaroriga binoan Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi.
2024 yil 1 martga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
Bunda, ijtimoiy soliq summasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.
Meva-sabzavotchilik klasterlari vafermer xo‘jaliklariga xorijlik mutaxassislarni jalb qilish harajatini 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Prezidentning 2021 yil 15 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo‘jaliklariga — eksport shartnomasi mavjud bo‘lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, biroq sug‘urta pulining 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
Meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) — xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari orqali kompensatsiya qilinadi.
Yoshlarga 13 turdagi yordam mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida beriladi
Prezidentning 2022 yil 19 yanvardagi qaroriga asosan barcha mahallalarda joriy etilgan Ëshlar yetakchisi tavsiyasi bilan o‘ziga tegishli hududdagi yoshlarga 13 turdagi yordam, jumladan ijtimoiy qiyin ahvolga tushib qolgan yoshlarga moddiy yordam va subsidiya ajratishda ko‘maklashiladi. Qolaversa, yosh oilalarga imtiyozli kredit olib berish, nodavlat ta’lim kurslarida o‘qish, nogironligi bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlashga subsidiyalar ham beriladi.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling