1-ma’ruza: gandbol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi


Download 59.43 Kb.
bet5/7
Sana10.03.2023
Hajmi59.43 Kb.
#1257583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza

CHalg‘itishlar (fint). Bu usulni to‘psiz va to‘p bilan bajarish mumkin. To‘psiz chalg‘itishlardan ko‘proq uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta’qibdan qutilish maqsadida foydalaniladi. To‘p bilan chalg‘itishlar uzatishni, otishni yoki erga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun qo‘llaniladi, CHalg‘itishlar murakkab harakatlar yordamida bajariladi, hammasidan ko‘proq bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqich (faza): anchagina sekin chalg‘itish harakati texnik usulining qulay paytida qo‘llanilishi va tez asosiy usulni amalga oshirishga bog‘liqdir.
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan chalg‘itishlar ikki turga bo‘linadi: oddiy va murakkab. Bir harakatdan ikkinchi harakatga o‘tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o‘tishga shuncha imkoniyat yaratiladi.
To‘pni uzatishda usullarni o‘zgartirib to‘p yo‘nalishini va to‘p uzatishda to‘xtab qolish paytlarida chalg‘itishlar qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgan chalg‘itish - bu to‘pni otmoqchi bo‘lib, so‘ng to‘pni uzatishdir (bosh orqasidan, orqa va yon tomondan).
To‘p otishda to‘pni uzatayotganday harakat kilish yoki bir usulda to‘p otmoqchi bo‘lib, ikkinchi usuldan foydalanish, sakrab to‘p otmoqchi bo‘lib erga tushib himoyachini aldab o‘tish juda foydalidir.
CHalg‘itishlarni, ayniksa, himoyachini aldab o‘tishda qo‘llash muximdir. Bu bir va ikki qadamli harakat bo‘lishi mumkin. CHalg‘itish sifatida qadam qo‘yish, hamla qilish va to‘p uzatishlardan foydalaniladi.
To‘siq. Bu xujumchilarning himoyachilar panoxidan qutulishi uchun qo‘llaniladigan foydali vositadir. Qo‘ul to‘pi o‘yinida to‘siklar yakka holda va o‘yinchilar guruxi tomonidan quyilishi mumkin.
Gurux bo‘lib to‘siq qo‘yish 9 metrli erkin to‘p tashlash chizig‘idan to‘p otishda qo‘llaniladi, bu bir necha xujumchining bir-biriga yaqin turib, to‘p egallamoqchi bo‘lgan xujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo‘lini to‘sishdan iboratdir.
HIMOYA O‘YINI TEXNIKASI
To‘pni olib qo‘yish. Bu muxim usul yordamida jamoaning qarshi hujumga o‘tishi ta’mshzlanadi. Himoyadagi o‘yinchi to‘p uzatilgan vaqtda uni olib qo‘yish maqsadida o‘zi to‘sib turgan xujumchining oldidan to‘pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo‘zg‘alishi lozim.

Download 59.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling