Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi jismning mexanikaviy harakati deb ataladi.
Galiley -Nyutonning mexanikasi klassik mexanika deb ataladi. Klassik mexanika, tezligi yorug’likning vakuumdagi tezligidan sezilarli ravishda kichik tezlikka ega bo’lgan makroskopik jismlarning harakati qonunlarini o’rganadi.
Yorug’lik tezligiga yaqin yoki teng tezliklarga ega bo’lgan mikroskopik jismlar harakati qonunlarini maxsus nisbiylik nazariyasiga asoslangan relyativistik mexanika o’rganadi.
Mexanikaning nisbiy joylashuvi
Mexanika asosan uch qismga bo’linadi:
kinematika; 2) dinamika; 3) statika.
Kinematika – jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini e’tiborga olmay, o’rganadi.
Dinamika-jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini bilgan holda, o’rganadi.
Statika-jismlar tizimi, to’plamining muvozanat holati qonunlarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |