1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Ikkilamchi emulgirlash. Bu yo‘l bilan immobilizatsiya qilganda, avvalo fermentni 
suvdagi eritmasini organik polimerdagi emulsiyasi tayyorlanadi. Tayyor emulsiyani yana bir 
bor suvda dispersiya qilinadi. Natijada, fermentni suvdagi eritmasini saqlagan organik 
moddani (polimerni) emulsiyasi hosil bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan organik eritma qotadi, va 
immobillashgan ferment saqlovchi polimer zarrachalari hosil bo‘ladi. 
1972 yilda S.Mey va N.Li lar bu usulni modifikatsiya qildilar va membrana hosil 
qiluvchi materialar sifatida suvda erimaydigan polimer o‘rniga katta molekulyar massaga ega 
bo‘lgan suyuq uglevodorodlardan foydalanishni tavsiya qildilar. Bu usul suyuq 
membranalarda immobilizatsiya qilish deb ataldi. Bundan tashqari tolaga kiritish, 
liposomaga kiritish, mikroemulsiya hosil qilish kabi bir qator usullar mavjud. 


Fermentlarni immobilizatsiya qilishinig kimyoviy usullari 
Kimyoviy usullarni boshqa usullardan asosiy farqi kimyoviy ta’sir natijasida ferment 
bilan tashuvchi orasida qo‘shimcha kovalent bog‘i paydo bo‘ladi. Bu usulda immobilizatsiya 
qilingan fermentlarni kamida ikkita ustunligi bor. Birinchidan, ferment va tashuvchi 
orasidagi kovalent bog‘, hosil bo‘lgan kon’yugatni yuqori mustaxkam qiladi. Boshqacha 
qilib aytganda ferment ishtirokida o‘tadigan reaksiyalarni pH, harorati va boshqa 
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish, fermentni desorbsiyasiga, shu tufayli olinadigan maxsulotni 
ifloslanishiga olib kelmaydi.
Bu esa ayniqsa meditsina, oziq-ovqat maxsulotlari, analitik ishlar uchun reaktivlar 
olishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, kimyoviy modifikatsiya fermentni 
faolligini va mo‘tadilligini oshirishiga olib keladi. Faqatgina kimyoviy yo‘l bilan, ko‘p 
nuqtalik bog‘lanishlar natijasida fermentni mo‘tadilligini oshirish mumkin. Bu usulni 
kamchiligi, ba’zi-bir fermentlar kimyoviy modifikatsiya jarayonida o‘z faolligini yo‘qotib 
qo‘yadilar. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling