1-mavzu atom, yadro va elementar zarralar fizikasida relyativistik munosabatlarning tutgan o`rni
Kirish Atom tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishi
Download 1.4 Mb.
|
Mustaqil talim materiallari
Kirish
Atom tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Atom fizikasi hozirgi zamon umumiy fizika kursining asosiy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Atom fizikasi moddaning eng kichik zarrasi bo‘lgan atom elektron qobiqlarining tuzilishini, ularning xususiyatlarini va ulardagi jarayonlar tufayli yuz beradigan hodisalarni o‘rganadigan fandir. Atom fizikasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga keldi. Lekin budavrgacha, ya’ni atom fizikasi aloida fan sifatida yuzaga kelganiga qadar moddalar tuzilishi, materiyaning cheksiz bo‘linishlari va atom nazariyasi to‘g‘risida qadimgi yunon faylasuflari tomonidan turli fikrlar ilgari surildi, ko‘pgina olimlar tomonidan tajribalar o‘tkazilib, fizik hodisalar kashf qilindi. Tajribalaradan to‘plangan fizik hodisalarni, kashfiyotlarni ilmiy jihatdan asoslash, ularni tushuntirish atom fizikasini rivojlantirishni talab qilar edi. Bu esa atom fizikasining taraqqiy etishiga, aloida fan sifatida yuzaga kelishiga olib keldi. Atomistik materializm asoschilari bo‘lgan qadimgi yunon faylasuflari Levkipp (eramizgacha V asr) va Demokritlar (eramizgacha 460-370-yy.) atom nazariyasini ilgari surdilar. Bu nazariyaga ko‘ra, har bir modda bo‘linmaydigan mayda zarralardan, ya’ni atomlardan tuzilgan. Ularning fikricha, atomlar mutlaq bo‘lib, ularda bo‘shliq yo‘q. Ular cheksiz fazoda bir-biridan aloida ajratilgan bo‘lib, tashqi shakli, o‘lchami, holati, tartibi bilan farq qiladi. Atomlar ma’lum vaqtlarda turg‘un birikmalarga birlashib turli jismlarni hosil qiladi. Demokritning atomistik qarashlari Epikur (eramizgacha 341-270-yy.) atom nazariyasini ilgari surdilar. Bu nazariyaga ko‘ra, har bir modda bo‘linmaydigan mayda zarralardan, ya’ni atomlardan tuzilgan. Ular cheksiz fazoda bir-biridan aloida ajratilgan bo‘lib, tashqi shakli, o‘lchami, holati, tartibi bilan farq qiladi. O‘rta asrlarda atom to‘g‘risidagi ta’limotlar sezilarli rivojlanmadi. Keyinchalik atom to‘g‘risidagi Levkipp, Demokrit, Epikurlarning atom to‘g‘risidagi tasavvurlari fransuz faylasuf materialisti P. Gassendi (1592-1655) tomonidan rivojlantirildi. Uning faoliyati I. Nyutonga (1643- 727) va R. Boyllarga (1627-1621) ta’sir ko‘rsatdi. I. Nyuton o‘z ishlarida materiya g‘ovak bo‘lib, bo‘shliqqa joylashtirilgan aloida zarralardan iborat, degan fikrni bayon qildi. Nyuton qattiq jismlar o‘zaro ta’sirining tabiatini qarab chiqib, shunday xulosaga keldi: zarralarning birlashishi ularning qandaydir kuch bilan tortishishidir, zarralar birbiriga tekkanda, bu kuchlar katta qiymatga ega bo‘ladi. O‘rta asrlarda atom to‘g‘risidagi ta’limotlar sezilarli rivojlanmadi. Bu davrda issiqlik hodisalarini tushuntirishda ikki xil tushuncha paydo bo‘ldi: birinchisining asosida atomlarning harakati haqidagi tasavvurlar yotadi, ikkinchisida esa teplorod tushunchasi yotadi. R.Broyl va uning shogirdi R.Guk (1635-1703) issiqlik, bu modda zarralarining mexanik harakati natijasidir, degan fikrni aytdilar. Bu fikr D.Bernulli (1700-1782) tomonidan quvvatlandi. D.Bernulli gazlar bosimi gaz molekulalarining idish devoriga urilishlari ta’siri natijasidir, deb tushuntirdi. Dalton turli elementlarni o‘zaro ta’sir qildirib kimyoviy birikmalar hosil qilish usullarini kuzatdi. U har bir element atomlardan tuzilgan, atom esa moddaning bo‘linmas birligidir, deb tushuntirdi. Uning fikricha, bir xil kimyoviy element atomlari boshqa xil kimyoviy element atomlaridan farq qiladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling