1-мавзу: кириш


Talabalar mustaqil ishini faollashtirish


Download 101 Kb.
bet4/4
Sana10.04.2023
Hajmi101 Kb.
#1349244
1   2   3   4
Talabalar mustaqil ishini faollashtirish

Pedagogik bo‘yicha adabiyotlarda talabalar mustaqil ishini faollashtirishning turli yo‘llari bayon etilgan va ular amaliyotda qo‘llanilmoqda. Ularning asosiylari quyida keltirilgan:


-talabalarni mustaqil ishlash metodlariga o‘rgatish: vaqt byudjetini rejalashtirish qo‘nikmasiga ega bo‘lish uchun turli mustaqil ishning bajarish uchun vaqt me’yorlari; o‘z-o‘zini baholash va tahlil qilish uchun zarur refleksiv bilimlar bilan tanishtirish;
-o‘quv materialni kelajak o‘quv va kasbiy faoliyatga kerakligiga ishonch hosil qildirishni kirish ma’ruzalarda, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalarda ta’kidlab o‘tish;
- materialni muammaoli bayon etish;
-o‘qitishni faollantiruvchi metodlarini qo‘llash (aniq vaziyatlarni tahlil qilish, munoziralar, juftli va guruhli ish, murakkab savollarni jamoali muhokama qilish, ishbilarmonlik o‘yinlari);
-nazariy material, uslubiy ko‘rsatmalar, majmuali o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
-fanlararo xarakterga ega o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
-uy topshiriqlari va mustakil ishlarani individuallashtirish, guruhli ishlashda ishni guruh a’zolari orasida aniq taqsimlash;
- ma’ruza o‘qitilganda har bir ma’ruzadan keyin hamma talabalarga tegishli savollar berish;

Mustaqil ish savol va topshiriqlari hamda ularni bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar


Mustaqil ish muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismi bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriyada yoki auditoriyadan tashqarida bajariladi. Ushbu bo‘limda talabalar mustaqil ishini bajarish yuzasidan tegishli kafedralar tomonidan savol va topshiriqlar hamda ularni bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, quyida keltirilgan mustaqil ish turlari bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqiladi.
Talaba tomonidan mustaqil ravishda javob yozishni (referat yoki hisobot shaklida) talab etuvchi savollar ishlab chiqiladi. Talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yunaltirilgan topshiriqlar ishlab chiqiladi.
YOzma mustaqil topshiriqlar:
-hisoblash uchun berilgan vazifalarni bajarish, umumlashtiruvchi va takrorlanuvchi jadvallarni to‘ldirish;
Amaliy xarakterdagi mustaqil topshiriqlar:
- talabalar o‘qituvchi topshirig‘i asosida mustaqil ishni bajarish jarayonida takdimot, referat shaklida bajarish kuzda tutiladi.


Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling