1-mavzu. Milliy G’oya : O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi faning predmeti, maqsadI va vazifalari


Download 88.75 Kb.
bet3/3
Sana23.05.2020
Hajmi88.75 Kb.
#109396
1   2   3
Bog'liq
1-МАВЗУ


Buzg’unchilik g’oyalari esa xalqlar boshiga so’ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko’plab misollar keltirish mumkin. O’rta asrlardagi salib yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bolshevizmga asos bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalar shular jumlasidandir.

Yovuz g’oya va mafkuralarning eng ko’p tarqalgan shakli: aqidaparastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda Farbda ham, SHarqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo’ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda.



Milliy g’oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g’oyadir.

Milliy g’oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo’llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko’maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O’z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga yetishning o’ziga mos yo’llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo’nalishlar bilan barcha g’oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo’lgan g’oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «YUrt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag’rikeng-lik» kabi g’oyalar ana shunday umummilliy g’oyalar qatoriga kiradi.

O’zbek milliy g’oyasi - o’zbek xalqi milliy mafkurasining g’oyalari umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. Bu g’oyalar yer yuzidagi barcha tinchliksevar, ezgulikka intiluvchi xalqlar va millatlar, davlatlar qabul qiladilar.

Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda 2 kuch: 1) bunyodkorlik va 2) buzg’unchilik g’oyalari hamisha o’zaro kurashadi. Bunyodkorlik g’oya insonni ulug’laydi, uning ruhiga qanot bag’ishlaydi. Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g’oyalar asos bo’lgan.



Ozodlik g’oyasi - mazlumlarni o’z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday ko’rinishini inkor etadigan g’oyadir.

Mustaqillik g’oyasi - eng ulug’ va ezgu g’oya. Har bir xalq istiqlol tufayli o’ziga yot va begona tuzumdan, ijtimoiy tazyiqlardan xalos bo’ladi, o’z salohiyatini to’la-to’kis ishga solish, o’zi istagan va o’zi tanlagan yo’ldan borish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Adolat va haqqoniyat g’oyalari - insonning tabiati va ijtimoiy tuzumning mohiyatini belgilaydigan, qudratli kuchga ega bo’lgan g’oyalardir. Odamlar asrlar mobaynida odil jamiyatni orzu qilib, haqiqat tantanasi uchun kurashib kelgan. Adolat buzilgan yerda umidsizlik va tushkunlik hukm suradi. Adolat tantana qilgan jamiyat yuksaklikka ko’tariladi.

Har bir tarixiy davrda uning ruhini aks ettiradigan, xalqning qadriyatlari va orzu-istaklariga mos keladigan g’oyalar kishilarning ongi va qalbidan joy olgan. Ta’kidlash joizki, bashariyatning ziddiyatli tarixi mobaynida hayotbaxsh g’oyalar bilan bir qatorda, soxta va tuban niyatlar, tajovuzkor va g’arazli fikrlar ham ko’p bo’lgan. Binobarin, xalqlar va davlatlar taqdiriga ta’siri, o’zining sifatlariga ko’ra g’oyalar yuksak yo tuban, bunyodkor yoki vayronkor, buzg’unchi yoxud ekstremistik, tajovuzkor bo’lishi ham mumkin.

Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, millat taraqqiyotiga, uning yuksalishiga xizmat qiladigan, xalqlarni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g’oyalar yuksak g’oyalardir1. Odamlar orasiga nifoq, xalqlar o’rtasiga nizo soladigan, kishilarni turli taraflarga ajratib, adovat qo’zg’aydigan tuban fikrlar buzg’unchi g’oyalarga misol bo’ladi. Aslida bunday qabih niyat va soxta shiorlarni g’oya deb atash ham shartlidir. Qaysi ijtimoiy birlik yoki qatlam orasida tarqalgani, qanday aholi guruhlari yoki elat-millatlarni harakatga keltirayotganiga qarab ham g’oyalarni turlarga ajratish mumkin.

Sohiblari, ya’ni g’oyani moddiylashtiruvchi, amaliyotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga qarab, sinfiy g’oya, milliy g’oya, umumxalq g’oyasi, umuminsoniy g’oyalar ham mavjud bo’lishi mumkin. Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma’lum bir tarixiy sharoitda harakatga undayotgan g’oya mazmunan umuminsoniy bo’lishi ham yoki tor manfaatlarni ko’zlaydigan sinfiy g’oya jamiyat va inson manfaatlariga zid bo’lishi ham mumkin.

Har bir avlod, har bir xalq, har bir davlatning o’z rivojlanish xususiyatini aks ettiradigan milliy g’oyalari bo’lgan.

Ilmiy g’oya ilmiy bilishning birinchi shaklidir.

Mafkura tushunchasi: Jamiyat mafkurasiz bo’lmaydi. CHunki har bir davlat mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yo’lini tanlab olar ekan, o’z taraqqiyot dasturi, qarashi, amalga oshirish tamoyillari, konsepsiyasiga ega bo’lmasdan o’z istiqbolini aniq ko’ra olmaydi.

Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g’oyalar majmuidan iborat bo’ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g’oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi.

O’z oldiga qo’ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo’llar va vositalar bilan erishmoqchi bo’layotgani haqidagi g’oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.

Mafkura (arab. - fikrlar majmui, nuqai nazarlar, e’tiqodlar tizimi) – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat, jamiyat yoki davlatning manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyaviy-nazariy qarashlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topadi.

Mafkura (arab. «mafkura» – fikrlar, nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui.

Mafkura keng ma’noda: ijtimoiy borliqning jamiyat hayotining ma’naviy-siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning Amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo’lib xizmat qilishidir.

Milliy istiqolo mafkurasi – bu istiqlolga erishilgandan keyin shakllangan va taraqqiy etayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini va olib borilayotgan ham ichki ham tashqi siyosatni himoya qilib qo’llab-quvvatlaydigan qarashlar, nazariyalar majmuidir.

Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlam-larning mafkurasi turlicha bo’lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun’iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o’ta siyosiylashadi, aholini o’zaro qarama-qarshi qilib qo’yadi.

Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko’zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo’lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi.

O’zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi aynan jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo’lida yakdil harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o’ziga xos o’rni bo’lishiga erishishga safarbar etadi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman»1. Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniq-ravshan charog’on etadigan mayoqdir.

3. Milliy istiqlol g’oyasining maqsad va vazifalari

Milliy istiqlol g’oyasi bilan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining maqsadlari bir-biridan muayyan darajada farq qiladi. CHunki ularning birinchisi taraqqiyotimizning g’oyaviy asoslari va mafkuraviy ta’limotini o’zida mujassam etgan nazariyani, ikkinchisi esa shu nazariya haqidagi o’quv fanini bildiradi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta’riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qad-riyat va an’analarimizga munosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylan-tirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir»1.

SHu bilan birga, milliy istiqlol g’oyasining ijtimoiy vazifasi bilan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining vazifasi ham bir-biridan farq qiladi. Bu farqlar g’oyaning inson va jamiyat hayotidagi funksiyasi bilan fanning ijtimoiy tafakkur va ta’lim-tarbiya tizimidagi funksiyasi o’rtasidagi o’ziga xoslikdan kelib chiqadi.

YUrtboshimiz milliy istiqlol g’oyasining vazifasi haqida to’xtalib shunday degan edi: «Men milliy istiqlol g’oyasi bugun tez sur’atlar bilan o’zgarayotgan dunyoda o’zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziq-lantirib, yangi o’sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog’i zarur, deb bilaman»2. (Karimov I.A. Asarlar. T.9, 222-223-betlar)

Milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsadi fuqarolarni, keng jamoatchilikni asosiy g’oyalar, maqsad va yo’nalishlar bilan O’zbekiston taraqqiyot yo’lining ma’no va mazmuni, milliy-madaniy negizlari, xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyalashga qaratilgan. SHu bilan birga fuqaro va jamoalar ishonch uyg’otish, ularni adolatli, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlarini amalga oshirishga uyushtirishda ma’naviy-ruhiy rag’batlantirishda o’z aksini topadi. Milliy istiqlol g’oyasi fuqarolarni g’oyaviy jihatdan tarbiyalashga qaratilgan. G’oya bilan g’oyaning, fikr bilan fikrning, jaholatdan ma’rifatning farqini anglashga, ma’rifatga ishonch va e’tiqodni mustahkamlashga xizmat qiladi. Fuqarolarda milliy istiqlol g’oyasiga zid bo’lgan yot va begona, zararli g’oyalardan saqlashga, unga nisbatan fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish, unga doimo tayyor bo’la olish immunitetini shakllantiradi. Milliy istiqlol g’oyasi mamlakat oldida turgan ulug’, bunyodkorlik ishlari undan ko’zlangan asosiy maqsad insonlarning erkin va farovon hayotga erishishi, ozod va obod Vatan qurish yo’lida har bir kishi uchun harakat yo’nalishi bo’lishiga qaratilgan. Milliy istiqlol g’oyasi hech qachon kishilarning ongi va dunyoqarashini, ularni yana allaqanday «qolipga», «yagona andozaga» solishga qaratilgan emas. U fikrlar, g’oyalar xilma-xilligiga asoslanadi. Erkin fikrni uyg’otish va fikr erkinligini kafolatlab berish, o’zgalar fikrini tinglash, eshitish va aytishga imkoniyat yaratadi. Demak, milliy istiqlol g’oyasi «hukmron g’oya»ga intilishdan mutlaqo begona bo’lganligi bilan ham boshqa nosog’lom g’oyalardan farq qiladi. Milliy istiqlol g’oyasi voqea-hodisalarni bilish, tahlil etish, ularga baho berishga imkoniyat yaratib, bir qator ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni ham bajaradi. Demak, milliy istiqlol g’oyasining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkish fikrlashni shakllantirishga yo’naltirilgan.

  2. Milliy totuvlik, hamjihatlikni qo’llab-quvvatlaydi. Nosog’lom mahalliychilik, urug’-aymoqchilik illatlaridan holi etishga qaratilgan.

  3. Hayotga endi qadam qo’yayotgan yosh avlodning dunyoqarashiga yangicha ma’no va mazmun baxsh etish orqali unda faol hayotiy pozitsiyani, milliy g’oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirib boradi1.

  4. Jamiyatimizda sog’lom ijtimoiy muhitni yaratish, kishilar ongiga Vatan taqdiri uchun mas’ullik, yagona Vatan tuyg’usini mustahkamlashga safarbar etilgan.

  5. Istibdod davri asoratlari, qullik va mutelik kayfiyatlarining ongimizda, tafakkurimizda saqlanib qolayotgani sabablarini tahlil etish, ularni bartaraf qilish yo’llarini topish zarurati bilan bog’liq vazifalarni hal etishdan iboratdir. Demak, yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg’usidan xoli bo’lgan, o’zligini yanglagan, avlod-ajdodlarini, madaniy merosini yaxshi bilgan ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir.


«Milliy istiqlol g’oyasi»ning metodlari:
Barcha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar uchun umumiy bo’lgan falsafiy metodlar: bu fan uchun ham asosiy metod hisoblanadi. Bular:

  1. Dialektik metod.

  2. Qiyoslash va taqqoslash metodi (eski metod)

  3. Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o’tish)

  4. Axloqiy metod.

  5. Izohlash metodi.

  6. Siyosiy prognozlash metodi (ijtimoiy to’qnashuvlar oldini olish).

  7. Axborotlash metodi yoki integratsiyalash metodi ham deyiladi, ya’ni umumlashtirish metodi: fan yutuqlaridan foydalanish.

  8. Eksperiment metodi.

  9. Kuzatish metodi.

  10. Empirik sotsiologik metodlar (so’rov, anketa, matematik model).

  11. Statistik umumlashtirish metodi.

  12. Umummantiqiy metod (analiz, sintez, abstraktlash, umumiylik va h.k.).

«Milliy istiqlol g’oyasi»ning metodologik asosi:

  1. Falsafiy tahlil.

  2. Nazariy tahlil.

  3. Ijtimoiy borliqni o’rganadi.

Bundan tashqari kursning nazariy va metodologik asoslari O’zbekiston Konstitutsiyasi, davlat mustaqilligi bo’yicha Oliy Kengash, Oliy Majlis qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va hujjatlari, Prezident Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlari, Milliy istiqlol g’oyasiga doir farmon va ko’rsatmalari, qarorlari hisoblanadi.

Takrorlash uchun savollar

  1. G’oya nima? G’oyalarning qanday turlari mavjud? Bunyodkor g’oyalar va vayronkor g’oyalarga misollar keltiring.

  2. Mafkura nima? Mafkuralarning qanday tarixiy shakllari bo’lgan?

  3. Davlatlar va millatlarning yuksalishi yoki tanazzulga uchrashida mafku-raning ahamiyati qanday?

  4. Mafkurasiz millat va g’oyasiz inson bo’lishi mumkinmi?



11 Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g’oyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005. 8-11-betlar.

11 Karimov I. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. -T.: «O’zbekiston», 1999, 308-bet.

11 Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin. T.7. -T.: «O’zbekiston», 1999. 89-bet.

11 Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari. T., «O’zbekiston», 2000. 7-b.

22 O’sha joyda.

11 Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g’oyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005. 12-15-betlar.

Download 88.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling