1-mavzu: Neyrofiziologiya faniga kirish. Neyrofiziologiya fanining vazifalari va ahamiyati. Zamonaviy neyrofiziologiya. Neyrofiziologiyaning rivojlanishi. Neyrofiziologiyaning tadqiqot usullari. Reja


Download 0.52 Mb.
bet12/12
Sana08.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1177200
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu. neyrofiziologiya faniga kirish.

I. M. Sechenov (1863) tomonidan markaziy tormozlanish, yaʼni nerv sistemasining maʼlum markazi taʼsirlanishidan uning faol holati — qoʻzgʻalishini emas, balki soʻnishini vujudga keltiradigan hodisaning kashf etilishi neyrofiziologiya rivojida muhim bosqich boʻldi. Markaziy nerv sistemasi funksiyasini oʻrganishda N. Ye. Vvedenskiy, V. M. Bexterev, ingliz fiziologi Ch. Sherrington va boshqalarning hissasi katta.
Yuraktomir faoliyati va nafasni boshqarishda bosh miya sopining rolini rus olimlari F. V. Ovsyannikov, N. A. Mislavskiy, shuningdek, fransuz fiziologi P. Flurans, miyacha rolini Italiya olimi L. Lyuchiani aniqlagan. Bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi funksiyasini eksperimental tekshirishni I. P. Pavlov boshlab berdi, shu bilan birga poʻstloqda sodir boʻladigan nerv jarayonlarini obyektiv qayd qilish imkoniyatlarini koʻrsatdi.
Rus fiziologi A. A. Uxtomskiy neyrofiziologiyaga dominanta prinsipi haqidagi tushunchani kiritdi. Bioelektr potensiallarini qayd qilish metodining kashf etilishi va ishlab chiqilishi tufayli neyrofiziologiyada nerv hujayralari faoliyatini va qoʻzgʻalish hamda tormozlanish tabiatini oʻrganish masalalari ilgari surildi.
Hozirgi neyrofiziologiya oldida nerv sistemasining integrativ faoliyatini oʻrganish masalalari turibdi. Bu nerv sistemasini kesish va turli qismlarini olib tashlash, uning elektr potensiallarini ichki va sirtqi elektrodlar yordamida sinash, nerv strukturasiga elektr va temperatura taʼsir ettirish va boshqa metodlarga asoslangan. Miya sopi retikulyar formatsiyasining aktivlashtiruvchi hamda tormozlovchi taʼsirini kashf etish va batafsil aniqlash, somatik va visseral funksiyalarni birlashtirib turadigan oliy markazlardan biri boʻlgan miya limbik sistemasining tavsif etilishi, nerv hamda endokrin sistemaning boshqarilish mexanizmi va boshqa kashfiyotlar neyrofiziologiyaning yutuqlaridandir.
Nerv sistemasi faoliyatining hujayra mexanizmini mufassal oʻrganishda mikroelektrod texnika hamda elektron mikroskopiya yaxshi natija bermoqda. Mikroelektrodlarni neyron ichiga kiritib, turli tipdagi neyronlarda qoʻzgʻalish va tormozlanish qanday paydo boʻlishi, bu jarayonlarning hujayra ichidagi mexanizmi qay tarzdaligi, bir hujayra aktivligi boshqasiga qanday oʻtishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingan.
Nerv sistemasi ustida olib boriladigan eksperimentlar asosida baʼzi neyron va nerv turlarining modelini yasash rivojlanmoqda. Zamonaviy neyrofiziologiya neyrokibernetika, neyrokimyo, neyrobionika kabi fanlar bilan chambarchas bogʻlangan.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Neyrofiziologiya nimani o‘rganadigan fan?

  2. Neyro fiziologiya fani qaysi fanlar bilan aloqador?

  3. Zamonaviy neyrofiziologiya yutuqlarini tushuntiring?

  4. Neyrofiziologiya fanining o‘rganish usullari?

  5. Neyrofiziologiya faning rivojlanishiga xissa qo‘shgan olimlar?

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling