1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
Nukus shahri
Nukus shahri Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy qismida Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Dengiz satqidan 76 metr balandlikda. Janub va sharqda Qizilqum cho‘li bilan o‘ralgan. Shimolda Amudaryodeltasi bilan tutash.Dostlik kanali shaharni kesib o‘tadi. Shaharning iqlimi kontinental, yozi quruq va issiq. Qish paytda qisqa muddatli qattiq sovuq bo‘lib turadi. Nukus shahrining umumiy maydoni 200 kv.kmdan ziyod, aholisi 370 kishidan ortiq. 1930-yil 12-noyabrda Nukus shahrining Avtonom respublika paytiga aylantirishga qaror qilindi. 1932-yilda respublika ma’muriyati Nukus shahriga ko‘chib o‘tadi. SHaharda yuzdan ortiq sanoat korxonalari, jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Metalsozlik, qurilish materiallari, oziqovqat, engil sanoat, yog‘ochsozlik va matbaa sanoatlari taraqqiy topmoqda. Nukusdagi korxonalar hozirgi vaqtda AQSH, Germaniya, Angliya, Yaponiya, Rossiya, Koreya, Xitoy, Kanada, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Ukraina mamlakatlaridagi sheriklar bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatganlar. Nukus shahrining zamonaviy siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy shahar sifatida infratuzilmasi so‘ngi o‘n yil ichida shakllandi. Bugungi kunda shahar ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlab turgan binolar aynan istiqlol yillari bunyod etildi yoki zamonaviy uslubda qayta ta’mirlandi. «Nukus qoraqalpoq bilan yonma-yon kuylab boshqa millatlar va elatlar vakillari yoshayotgan va mehnat qilayotgan ajayib navqiron shahar», - deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz I.A.Karimov. Ular umumiy sa’yi harakatlar bilan bu ajayib do‘stlik va qardoshlik shahrini barpo etdilar». Hozirgi vaqtda Nukusda barcha talabalarga javob beradigan transport tarmog‘i shakillangan. Barcha avtokorxonalar zamonaviy rusimdagi avtomobillar bilan ta’minlangan. Ayniqsa, shaharlararo qatnov tez rivojlanmoqda. SHuningdek, Nukusdan bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha avioqatnovlar mavjud. Ularda eng zamonaviy samoletlar parvoz qilmoqda. Nukus aholisi uzluksiz ishlab turgan zamonaviy aloqa tarmog‘i xizmatidan foydalanmoqda. SHaharda ishga tushurilgan «O‘zdunrobita» O‘zbek-Amerika qo‘shma karxonasi uyali telefonlari bilan bo‘ylab tez va qulay aloqa o‘rnatish imkonini yaratdi. Hozir ularning yangi-yangi komponiyalari paydo bo‘lmoqda. Pochta aloqasi ham eng tezkor va ishonchli vositalar bilan ta’minlangan. SHaharda qishloq xo‘jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish miqdori ortib bormoqda. Qayta ishlash korxonalarida tayyorlanib, qadoqlanayotgan turli xil oziq-ovqat maxsulotlari, meva, uzum, baliq va boshqalar iste’molchilar ehtiyojini to‘la qondirmoqda. Savol va topshiriqlar 1. Matnni diqqat bilan o‘qing! 2. Mustaqillikdan keyin yuz berayotgan o‘zgarishlarni tarixi bilan qiyoslang. 3. O‘zingiz yashayotgan shahar yoki qishloqda yuz berayotgan bunday o‘zgarishlarni aks ettirgan qisqa matn tuzing. 5-mashq. «Tarix va zamonamiz» mavzusida ijodiy insho yozing. Unda o‘z ulkangizning tarixi va hozirgi yutuqlari aks ettirilgan bo‘lsin. Esda tuting. Insho – ijodiy ish. U sizning ijod maxsulingizdir. Agar ishingizda o‘zgalarning fikrini keltirishga zarurat bo‘lsa, uni aynan, o‘zgarishsiz keltiring va muallifni ko‘rsating. Insho yozishda quyidagilarga amalqiling: - insho mavzusini puxta o‘ylang, nimalar haqida yozishni aniqlab oling, tayanch so‘z va tushunchalarni belgilang; - inshoga reja tuzing; - har bir rejaga muvofiq fikr to‘plang; - fikringizni izchillik bilan bayon qiling; - gaplarning bir-biriga bog‘lanishiga, xat boshiga, to‘g‘ri yozishga harakat qiling. - fikringizga, albatta, xotima yasang. - noaniq so‘z va takrorlardan saqlaning. - yozgan inshongizni diqqat bilan o‘qib chiqing; - yo‘l qo‘yilgan imlo va uslubiy xatolaringizni to‘g‘rilab oqqa ko‘chiring. Lug‘at
Ijod mahsuli – dөretio‘shilik jemisi Reja – joba Xat boshi – abzats Bilib oling. Rasmiy uslub Rasmiy yozishma va hujjatlar uslubi iqtisodiy, yuridik va diplomatik munosabatlarda, davlat idoralari, sudlar, savdoga doir o‘zaro munosabatlarda aloqa qilish uchun ishlatiladi. SHunga ko‘ra bu uslubda yuridik qonun moddalari, diplomatik murojaatnomalar – notalar, hukumat idoralarining qarorlari, buyruqlar, shartnomalar, rasmiy e’lonlar va xabarlar, yozishmalar hamda shu kabi hujjatlar yoziladi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniq va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qolplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llaniladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling