1-mavzu. ―Pul va banklar‖ faniga kirish reja


Pulning turlariga umumiy tavsif


Download 0.57 Mb.
bet23/33
Sana29.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1400796
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
1-mavzu1

Pulning turlariga umumiy tavsif
Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarining chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob – kitoblarda qo‘llanilayotgan elektron pullar ko‘rinishi darajasigacha etib kelishiga sabab bo‘ldi. Albatta bu juda uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda hayot kechirgan va natural xo‘jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar, mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‘lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog‘oz pullar, XX asrdan esa elektron pullar iqtisodiyotga to‘lov vositasi sifatida kirib keldi.
Demak, pul bugungi kundagi ko‘rinishiga etib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni bosib o‘tgan. Pulning turlarini o‘rganishda uni asl qiymatga ega bo‘lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‘lmagan (o‘rinbosar) pul sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar to‘lov vositasini bajarganda ular o‘z qiymati bo‘yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan, iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lmagan.
Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan bir necha marta past bo‘lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadii va qog‘oz pullar o‘zining to‘lov vositasi sifatidagi qobiliyatini yo‘qotadi.
Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘lgan:

  • nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;

  • qiymatning qardsizlanmasligi, ya‘ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan;

  • ularni boshqa tovarlar kabi iste‘mol qilish mumkinligi.

Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Masalan, bug‘doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotgan.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling