1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Meva-rezevor meva pyurelariga
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
Meva-rezevor meva pyurelariga pyure, sous va qaylalar ta’luqlidir. Pyure asosan povidlo, meva sousi, konditer mahsulotlari, muzqaymoq ishlab chiqarishda YaTM sifatida ishlatiladi. Meva pyuresi ishlab chiqarish uchun barcha meva va rezavorlar qo’llaniladi. Xom ashyo tarkibida ko’proq quruq modda bo’lishi, pektin va organik kislotalarga boy bo’lishi maqsadga muvofiq. Bu komponentlar pyuredan tayyorlangan mahsulotlarning yaxshi jelelanishini ta’minlaydi.
Pyurelar tayyorlashda meva etlari qirg’ichlardan o’tkazilib bir xil struktura beriladi. Pyurelar tarkibida quruq modda miqdori - 7-13% ni tashkil etadi. Mevaning tashqi ko’rinishi va uning shakli hech qanday ahamiyatga ega emas. Yirik mevalar ishlatilganda mayda mevalarga qaraganda ishqalash jarayonida kam chiqit chiqadi. Meva sousi. Meva sousi ishqalab mayinlashtirilgan meva massasidan qand qo’shib bug’latish yo’li bilan tayyorlanadi. Meva sousini tayyorlash uchun olma, behi, o’rik, olxo’ri, nok, shaftoli va boshqa mevalar texnik yetilgan holda ishlatiladi. Avval pyure tayyorlanadi, so’ngra mexanik aralashtirgich o’rnatilgan qobiqli qozonda bug’latiladi. Massaning qaynash temperaturasi 1000S bo’lishi kerak. Pishirish jarayonida pyure tarkibiga aralashma massasidan 10% miqdorda qand qo’shiladi. Qand pyureda aralashtirib turgan holda eritiladi, mahsulot temperaturasi qaynatishgacha olib boriladi. Meva sousi yaxshi ta’mga ega bo’lganligi uchun desert sifatida iste’mol qilinadi. Jumladan bunday konservalar bolalarni ovqatlantirishda tavsiya etilishi mumkin. Meva qaylalari. Qaylalar sousga o’xshash texnologiya asosida tayyorlanadi. SHirin (o’rik, olma, olxo’ri, brusnika-olma, olxo’ri-olma) va achchiq (mushmula va olchadan) qaylalar ishlab chiqariladi. SHirin qaylalarni ishlab chiqarishda pyurega qand (18-20%) va mayda yanchilgan ziravorlar - dolchin, gvozdika (qalampirmunchoq), imbir qo’shiladi. Mahsulotda xom ashyo turiga qarab 30-35% quruq modda mavjud. Tayyor mahsulot tarkibida quruq modda miqdori – olma pyuresida 14%- dan yuqori, chernika pyuresi uchun 36%, qolgan tur rezavorlar pyuresi uchun 54% -dan kam bo’lmagan chegarada me’yorlanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling