1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Donning hidi kam seziluvchan


Download 0.51 Mb.
bet49/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Donning hidi kam seziluvchan. Donlarda begona hidlar ularni hid beruvchi narsalar bilan qo’shib saqlanganda donlarning bu hidlarni o’ziga singdirib olishi yoki donning mog’orlashi, chirishi natijasida vujudga keladi.
Donlarda sarimsoq, koriandr hidlari ularning efir moylarini singdirib olishidan paydo bo’ladi. Bu hidni yo’qotish uchun don tozalanib, yuviladi va quritiladi. Agar donda ombor zararkunandalari rivojlansa albatta ularning hidi donga o’tib sifat ko’rsatkichlarini pasaytiradi. Donda mog’or hidi donning sirtida mog’or zamburug’larining rivojlanishi natijasida paydo bo’ladi. Donlarda nordon hid har xil bijg’ishlar natijasida vujudga keladi. Donlarda maysa hidi donda o’sish jarayoni boshlanayotganidan dalolatdir. Donlarda chirigan narsaga xos hid esa chirituvchi bakteriyalar yordamida oqsillar parchalanishidan dalolatdir. Umuman donlarning hidi o’ziga xos yoqimli, begona hidlarsiz bo’lishi kerak.
Donning ta’mi juda kuchsiz seziladi. Sifatli don har bir donga xos, yaqqol sezilmaydigan ta’mga egadir. O’sish jarayoni borayotgan donda shirin ta’m, mog’or zamburug’lari rivojlangan donda esa nordon ta’m paydo bo’ladi. Agar don achchiq ta’m beruvchi o’tlar urug’lari bilan ifloslangan bo’lsa, tabiiyki, bunday donlarda achchiq ta’m paydo bo’ladi.
Laboratoriya usuli bilan esa donlarning namligi, begona aralashmalar bilan ifloslanganlik darajasi, naturasi, ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik darajasi aniqlanadi. Don to’g’risida yanada kengroq ma’lumotga ega bo’lishi uchun donning zichligi, 1000 donasining massasi, don mag’zining shishasimonligi, oqsil miqdori, kleykovina miqdori va sifati hamda donda kul miqdori kabi ko’rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin.
Namlik – don uchun asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. quruq bug’doy, suli, arpa donlari tarkibida suv miqdori 14 foizdan ortiq bo’lmasligi kerak. Agar don tarkibida suv miqdori 17 foizdan ortiq bo’lsa, bunday donlar ho’l donlar deb yuritiladi va ular uzoq muddat saqlashga yaroqsiz hisoblanadi.
Donlarning begona aralashmalari bilan ifloslanganligiga qarab ularning tozaligi to’g’risida xulosa qilinadi. Donlar tarkibida uchraydigan begona aralashmalar asosan 2 guruhga bo’linadi. Birinchi guruhiga oziqaviy qiymatga ega bo’lmagan aralashmalar(qum, tosh zarrachalari, zaharli urug’lar, o’simlik barglari, poyalari, buzilgan yaroqsiz donlar va boshqalar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa oziqaviy qiymatga ega bo’lgan boshqa aralashmalar kiradi. Bug’doyda birinchi guruhga kiruvchi aralashmalar 5 foizdan, ikkinchi guruhga kiruvchi aralashmalar esa 15 foizdan ko’p bo’lmasligi talab etiladi.
Donlarning sifatini baholashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan yana biri donning naturasi hisoblanadi. Natura deganda 1 litr don massasining grammlarda ifodalangan miqdori tushuniladi. Natura donning yetilib pishganligidan dalolat beruvchi ko’rsatkichdir. Donning naturasi qancha katta bo’lsa, bu donda endosperma hissasi shuncha ko’p bo’ladi. Donning naturasiga uning ifloslanganlik darajasi, shakli, don sirtining holati va boshqalar ham katta ta’sir ko’rsatadi. O’rtacha olganda bug’doy doni naturasi 750 grammni tashkil etsa, suliniki esa 450 grammni tashkil etadi.
Don uchun asosiy ko’rsatkichlardan yana biri ombor zararkunandalari bilan zararlanganligidir. Ombor zararkunandalari bilan zararlanish natijasida donning sifati juda pasayib ketadi va hatto ovqatga ishlatishga yaroqsiz holatga ham kelishi mumkin. Ombor zararkunandalari – qo’ngiz, kapalak, kana, mita va boshqa zararkunandalar birinchidan, ma’lum bir qism donni yeb zarar keltirsa, ikkinchidan o’zlarining lichinkalari, hasharot o’liklari hisobiga donning sifatini butunlay buzib katta ziyon keltiradi. SHu sababli bu zararkunandalarga qarshi doimiy kurash choralarini qo’llash zarur bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlardan tashqari asosiy donlarda aniqlanadigan ko’rsatkichlarga don o’lchamlarining bir xilligi, donlarning katta-kichikligi, 1000 ta don massasi, zichligi, shishasimonligi, oqsil miqdori, kleykovina miqdori va boshqa ko’rsatkichlar kiradi.
Don o’lchamlarining bir xilligi ularning sifatini baholashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Donlar o’lchamlari bo’yicha qanchalik darajada bir xil bo’lsa, ulardan tayyorlanadigan yorma, un mahsulotlarining sifati shuncha yuqori bo’ladi va qayta ishlash natijasida chiqadigan chiqimlar ham kam bo’ladi. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun don ma’lum o’lchamlarga ega bo’lgan elaklarda elanadi.
1000 dona don massasi, qurug’ modda hisobiga grammlarda aniqlanadi va u donlarning katta-kichikligini va to’la pishib yetilganligini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. O’lchamlari katta va to’la yetilgan donlar katta massaga ega bo’ladi. Bu ko’rsatkich bir xil don ekinlarida ularning qaysi hududda yetishtirilishi, pishib yetilganligi darajasi va boshqa omillarga qarab o’zgaruvchan bo’ladi. Masalan, 1000 dona don massasi bug’doyda 15 g dan 88 g gachani, javdarda 13-60, sulida 15-45, arpada 20-55, guruchda 15-43, tariqda 3-8, grechixada 15-40 g ni tashkil etadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling