1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


O’simlik moylarining sifatini belgilash va undan qolgan chiqindilardan foydalanish yo’llari


Download 0.51 Mb.
bet73/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

4. O’simlik moylarining sifatini belgilash va undan qolgan chiqindilardan foydalanish yo’llari
O’simlik moyining sifati tashqi ko’rinishi, fizikaviy xossalari va kimyoviy tarkibi bilan aniqlanadi. Moyning sifatini aniqlash uchun aralashtirilib, undan o’rtacha 0, 5l olinadi.
Ovqatga ishlatiladigan o’simlik moyining rangi tiniq, ochiq, hidi va tiniqligi moyning harorati 20°S bo’lganda aniqlanadi. Moyning sifati uning tiniqliligi, rangi, hidi, moydagi cho’kindi miqdori, sovunlanish va yod soni kabi ko’rsatkichlar belgisi asosida aniqlanadi.
1kg moy tarkibida erkin va bog’langan moy kislotlarning neytrallash uchun sarflangan kaliy ishqori miqdori moylarning sovunlanish soni deyiladi.
100gr moyni biriktirib olgan yodning gramm miqdori bilan ifloslanadigan soni moylarning yodli soni deb ataladi. Yodli son qancha katta bo’lsa, moy shuncha suyuq bo’ladi. Paxta moyi 11, soya moyi 130, zig’ir moyi 174 yodli songa ega.
O’simlik moylarini qayta ishlashdan so’ng qolgan chiqindilar qatoriga kunjara va shrot hisoblanadi.
Kunjara o’z tarkibida ma’lum darajada oqsil moddasi saqlaydi. Kunjara tarkibida 7-9% yog’, protein -45%, kul-2%. Kunjara mollarga yem tariqasida ishlatiladi. Kunjaradan konditer mahsulotlarini yaratishda foydalaniladi.
Qisqacha xulosalar
O’simlik moylarining xususiyatlari va ulardagi urug’dan olinadigan moy miqdori kungaboqarda 87% gacha, paxta chigitida 17-29%, zig’irda 29-48%, yeryong’oqda 41-69% moy olinadi.
O’simlik moyidan turli sohalarda ishlatiladigan sovun, alif, glitserin va boshqa moddalarni tayyorlashda foydalaniladi.
O’zbekistonda 19ta moy ishlab chiqarish korxonlalari bo’lib, ular xorijiy mamlakatlar hamkorligida ish olib bormoqdalar, ishlab chiqarish liniyalarini yangilatish evaziga unumdorligini oshirib borishga erishmoqdalar.
Sanoatda yog’ ishlab chiqarish asosan shibbalash va ekstratsiya usuli yordamida bajarilmoqda.
Nazorat uchun savollar:
1.Moy massasini moy zavodida ishlab chiqarish texnologiyasi, moy sifatini belgilash usullari qanday belgilanadi?
2.Har xil o’simliklardagi yog’ mahsulotini belgilari va texnologik xususiyatlari?
3.Moy ishlab chiqarish texnologiyasi qanday joriy etiladi?
4.O’simlik moyi sifatini aniqlash uslubiyati?

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling