1-Ma’vzu: Yuqori molekulali brikmalar-YuMB, xaqida tushuvchalar. O‘zbekistonda polimerlar kimyosi fanining rivojlanishi Reja: Yumb kimyosi fani haqida ma’lumоt


Polimerlarning olinishiga ko‘ra sinflash


Download 410.12 Kb.
bet7/16
Sana21.06.2023
Hajmi410.12 Kb.
#1645442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1.2.3. Maruza YuMB

1.3.Polimerlarning olinishiga ko‘ra sinflash
Polimerlash – tarkibida qo‘shbog‘ tutgan to‘yinmagan uglevodorodlar (monomerlar)dan olish:

2. Polikondensatlash – strukturasida reaksion qobiliyatli ikki va undan ortiq funksional guruhlar tutgan birikmalardan olish:
n HOOC – R - NH2 HO [- OC – R – NH -]n-H + n-1 H2O
3. Polimeranalogik reaksiyalar orqali polimerlardan polimerlar olish:



1.4.Polimerlarning ishlatilish soxasiga ko’ra sinflanishi
Polimerlarning ishlatilish soxasiga ko’ra tola hosil qiluvchi plastomerlar va elastomerlarga bo’linadi. Polimerlarning ishlatilish sohasini aniqlaydigan xossalaridan biri, uni mexanik xosasidir, ya`ni qaytar deformatsiyadir. Polimerlarni chuzilganda aniqlanadigan qaytar deformatsiyaning kattaligiga ko’ra polimerlarning quydagi sinflanish qatori hosil bo’ladi:
Elastomerlar > plastomerlar > tola,
103% 1% 10-3%
qaytar deformatsiya qiymatlari 103, 1, 10-3 % ga ega.

Tolali yoki tola hosil qiluvchi polimerlarga tsellyuloza va oqsilar bo’lib, ular tabiiy polimerlardir. Poliamidlar, poliefirlar, polipropilen va poliakrilonitril - sintetik polimerlardir.
Plastomerlar plastmasa yoki plastik deb nomlanuvchi polimer materiallari sifatida qo’llaniladi. Plastomerlarga olefinlarning polimer va sopolimerlari, vinilxlorid, stirol, akrilatlar (akril va metakril kislotalarining xosilalari) polimerlari, hamda poliamidlar, fenoplastlar (fenol va formal’degid polimerlari), aminoplastlar (mochevina yoki melomin va formal’degid polimerlari).
Elastomerlar kauchuk va rezina meteriallari hosil qiluvchi polimerlardir. elastomerlarga kiruvchi polimerlar kam taqalgan xisoblanadi. Ko’p tonnali ishlab chiqariladiganlargan polimerlarga dien monomerlarining polimerlari (Izopren, butadien), polisiloksanlar kiradi. Kam miqdorda ishlab chiqariladiganlari akril (butilakrilatning akrilonitril bilan hosil qilgan sopolimeri), polisul’fid kauchuklari. Ular asosiy zanjirida oltin gugurt tutgan bo’ladi. elastomerlarga ayrim noorganik polimerlar ham misol bo’ladi. Ular oltingugurtning chiziqli polimeri [–S–]n va polifosfonitrilxloriddir
[– PCL2 = N –] n.

Polimerlarning polifabrikat yoki mahsulotlarni qayta ishlashda qo’llanishiga ko’ra termoplast yoki reaktoplastlarga bo’linadi. Termoplast polimerlarga molekulyar massalari unchalik katta bo’lmagan (105), yumshoq yoki suyuqlantirilgan holga keltirib ishlov berish mumkin bo’lganlari kiradi. Bu polimerlarni qayta-qayta suyuqlantirish (qizdirilganda yumshab suyuqlanadi, soviganda qotadi. So’ng yana qizdirib suyuqlantirish mumkin) orqali mahsulotlar yasash mumkin.
Reaktoplast polimerlarni qizdirilganda kimyoviy jarayon, ya`ni polimer tarkibidagi reaktsion faol funktsional guruhlarning ta`sirlashuvi sodir bo’ladi. Natijada kichikroq molekulyar massali polimerda tikilish sodir bo’ladi. Hosil bo’lgan “tikilgan” polimerlarni qaytadan qizdirib biror-bir mahsulotni hosil qilib bo’lmaydi.

Download 410.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling