144-modda. Alimentni indeksatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
(144-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.
(144-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |