1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 3.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/46
Sana06.09.2023
Hajmi3.02 Mb.
#1673411
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Bog'liq
MA\'lumotlar bazasai

Statistik funksiyalar: 
max, min – ustundan eng katta va eng kichik qiymatlarni topish; 
Sum – ustun qiymatlarini yig‘indisini hisoblash; 
Var – ustunidan dispersiyani hisoblash; 
Avg – ustunidan o‘rta qiymatnihisoblash va boshqa.
Accessda formalar tashkil qilish 
Formalar BBga yangi ma‘lumotlarni kiritish va mavjud ma‘lumotlarni ko‘rib 
chiqish uchun ishlatiladi. 
Forma ma‘lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlari bo‘lgan elektron 
blank ko‘rinishiga ega. Bu maydonlarga kiritilgan ma‘lumotlar bevosita berilganlar 
bazasining jadvaliga qo‘shiladi. 
Umuman olganda, forma tuzmasdan ham ma‘lumotlarni asosiy jadvalga kiritish 
mumkin. Lekin jadvalga ma‘lumotlarni forma orqali kiritish ancha qulaylik 
tug‘diradi. Jadvalga ma‘lumotlarni kiritish uchun turlicha forma tuzadi. 
MS Access dasturi ma‘lumotlar bazasiga yangi ma‘lumotlarni kiritishning ikki 
xil usuli mavjud: 


61 
— bevosita ma‘lumotlar bazasi jadvaliga kiritish
— maxsus tuzilgan formalar orqali kiritish. 
1-Misol. Tashkilotda mavjud bo‘lgan kompyuterlar to‘g‘risidagi axborotlar 
saqlovchi berilganlar bazasi faylini tuzishni ko‘rib chiqamiz. Berilganlar bazasi 
jadvalini tuzish uchun, avval jadval tarkibi tashkil qilinadi. Jadval tarkibini tuzish 
uchun dastlab, foydalanuvchi tomonidan qanday maydonlar ishlatishi aniqlanadi. 
Bizning misolimizda maydonlarni quyidagicha aniqlanash mumkin:
1. Kompyuter turi. 
2. Sotib olingan yili. 
3. Soni. 
4. Xotira hajmi. 
5. Kattiq disk o‘lchami. 
6. Narxi. 
Jadval tarkibini tuzish uchun quyidagi buyruqlar ketma-ket bajariladi: 
1. Berilganlar bazasi oynasidan Tablitsы ob‘ekti tanlanadi va
Sozdat tugmachasi bosiladi. 
2. Ekranda hosil bo‘lgan Novaya tablitsa(yangi jadval) muloqot oy- 
nasidan jadval tuzish rejimlaridan biri(konstruktor, master

Download 3.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling