1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni


Haqqoniy yechim topish yo’lida


Download 277.59 Kb.
bet42/57
Sana16.06.2023
Hajmi277.59 Kb.
#1495094
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
1- тема

Haqqoniy yechim topish yo’lida. Masalani hal etish davrida asosiy e’tibor tomonlar manfaatini qondiruvchi yechimga qaratiladi. To’g’ri tushunilgan ehtiyojlar yechimni topishni yengillashtiradi. Yechim izlashda odatda ikki tomon ham o’z fikrini aytadi va taklif etilayotgan mulohaza qanchalik ularning manfaatiga mos kelishi tahlil etiladi. Biron yechimga kelish oson emas, har bir tomonning yechimi o’zi uchun to’g’ri va tushunarli.
Ayni sharoitda yechimning to’g’ri va maqbulligini aniqlash maqsadida obyektivlik mezonlaridan foydalaniladi. Bunday mezonlar sifatida samimiylik, haqqoniylik, qonuniylik va amaliyot tamoyillari taklif etilishi mumkin. Ushbu mezonlarni tomonlar qabul qilar ekan, ularning amaliy jihati ham bir xil tarzda qo’llanishi kerak. Agar yechim ikkala tomon uchun bir xil ishlay olsa, demak, u hayotiy va obyektivdir. Mabodo muzokarada bir tomonning manfaati ustun qo’yilsa, uchrashuv chog’ida g’urur va «past ketmaslik» kabi g’ayritabiiy hislar namoyon bo’lsa, tamoyillar ishlamaydi. Agar bir tomon o’z yechimida qattiq tursa-yu, o’zga tomonni eshitishni hohlamasa, demak muzokara muddatidan avval tugashi tabiiy.
Taklif etilayotgan va ishlab chiqilayotgan yechimlarga e’tiborli bo’lish hamda va bu yechimlar o’zganing manfaatiga qiyoslab borilishi lozim. «Agar bu yechim Sizning manfaatlaringizni qoniqtirsa, nega uni qabul qilmayapsiz? Chunki, bu yechim Sizniki bo’lmagani uchunmi?». Bu savollar suhbat uzilishi arafasida uchraydigan ko’p hollardan biridir. Agar yechim ancha vaqtgacha bahs mavzusiga aylanayotgan bo’lsa, tomonlardan - «Umuman muzokarani davom ettirish kerakmi yoki yo’qmi?» - deb so’rash lozim. Vaholanki, muzokaradagi qiyinchiliklarni muhokama etib borilishi mavjud to’siqlarni tezda bartaraf etish imkonini beradi. Shundan so’ng, har qanday qabul qilinayotgan qarorning obyektivligi bir necha bor tekshirib o’tilishi darkor. Agar bu tekshiruv davomida sanab o’tilgan tamoyillardan chetlanish sezilsa, muzokara davom ettirilishi va maqbul yechim ustida yana ish olib borilishi lozim.
Mabodo, o’zga tomon masalani yechishdan bosh tortayotgan bo’lsa, haqqoniy bo’lmagan qaror qabul qilinishi qanday oqibatga olib kelishi haqida birgalikda o’ylab ko’rish kerak.
Vaziyat taqozosi bilan obyektiv mezonga mos keluvchi qaror topilsa, uning ustida to’xtalgan ma’qul, har qalay hyech qanday yechimdan ko’ra biron-bir qaror ustida to’xtash muammoni yechish imkonini beradi va zarurat tug’ilgan paytda muzokara stoliga yana qaytish mumkin.

Download 277.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling