1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni


Bosma reklama usulida ko’pchilik o’qiydigan e’lonlar


Download 277.59 Kb.
bet55/57
Sana16.06.2023
Hajmi277.59 Kb.
#1495094
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
1- тема

2.Bosma reklama usulida ko’pchilik o’qiydigan e’lonlar, afishalar, kataloglar, jurnallar, gazetalar, plakatlarda mahsulotlar reklama qilinadi. Gazeta va jurnallarda reklama uchun maxsus sahifalar ajratiladi. Unda mahsulot nomi, xususiyati, ustunligi, fotosurati u bilan bog’liq ma’lumot olish uchun telefoni, manzili ko’rsatiladi.
Hozirgi ommalashgan mahsulot assortimenti haqida to’liq ma’lumotlar yoritilgan katologlar iste’molchilarga bepul tarqatilyapti. (ORIFLEYM)
Bosma reklamalardan yana biri kalendarlar chop etishdir. Kalendarlarning bir tomonida firma mahsulotlari haqida ma’lumot, ikkinchi tomonida esa yil kunlari ko’rsatilgan bo’ladi.
E’lonlar va afishalarni aholi gavjum joylarga osib qo’yish uning muvaffaqiyatini ta’minlaydi
Amerikalik mohir reklamachi Devid Ochilvining fikricha kishilar ruhiyatini jalb etishda sarlavha va reklama matni asosiy omillardan biridir. «Sarlavhakishilarning reklama matnini o’qish yoki o’qimasligini hal qiluvchi asosiy elementdir. Ko’pchilik reklamaning matnidan ko’ra, uning sarlavhasini o’qishni afzal ko’radi»agar reklama sarlavhasi xaridorda tovarni sotib olish xohishini tug’dirmasa, bu reklama uchun sarflangan 100 so’mingizni 80 so’mi havoga uchib ketdi degani. D. Ochilvining fikricha sarlavha o’quvchida katta qiziqish ug’otishi kerak, sarlavhaga hamisha yangi so’zlarni kiritishi kerak, bunda «bepul», «yangi» degan so’zlar juda muhim. Insonlar psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishda, g’aroyib, mashhur, ajoyib, muhim yo’nalish, tavsiya etamiz, chegirma, shoshilinch, degan so’zlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Sarlavhada rad ma’nosidagi so’zlarni qo’llash xavflidir. Masalan bizning tuzlarda lishyak (zaharli modda) yo’q deyishi noto’g’ri. Chunki xaridor lishyak bor bo’lishi ham mumkin degan xavotirga tushadi.
3.Namoyish reklamasida-sotuvchi mahsulotni kiyib ko’rsatishi, ta’tib ko’rsatishi, maishiy xizmat asboblarini ishlatib ko’rsatish, avtomabillarni haydab ko’rsatish mumkin. Masalan, oddiy bozorlarimizda mevalarni ta’tib ko’ring, deyilishi ham namoyish reklamasidir. Bu usulda mahsulotning xaridor uchun qiziqarli xususiyatlari va sifatli jihatlari namoyish etilsa, xaridorda ko’proq qiziqish ortadi va reklamaning samardorligi kafolatlanadi.

Download 277.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling