1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi


Katalizator Reaktsiyaning yo‘nalishi


Download 0.62 Mb.
bet8/21
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002370
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI

Katalizator Reaktsiyaning yo‘nalishi
Cu 200-2500C CH3CHO+H2
Al2 O3, H2SO4  C2H4+H2O
Al2 O3, H2SO4 C2H5OH (C2H5)2O+H2O
Aktivlangan Cu CH3 COOC2H5+2H2
ZnOCrO3 CH2=CHCH=CH2
Aktivlangan Cu CH3COCH3+3H2O+CO
Na C4H9 OH+H2O

Katalizatorlarning selektivligidan, ya‘ni ma‘lum katalizatorning ma‘lum reaktsiyani yoki ma‘lum reaktsiya yo‘nalishini tezlatishdan sanoatda keng ravishda foydalaniladi. Katalizatorning bu xossasi kerakli kerakli reaktsiya yo‘nalishinigina tezlatish va zararli yonaki reaktsiyalarning borishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.


Katalizatorlar reaktsiyaning muvozanatiga ta‘sir qilmaydi. Katalizatorlar nazariy yo‘l bilan hisoblab topilganidan ko‘p mahsulot olishga yordam bermaydi, ya‘ni muvozanat konstantasining qiymatini o‘zgartirmaydi. Katalizatorlar nazariy jihatdan chiqishi kerak bo‘lgan mahsulot miqdorini qisqa vaqt ichida olishga imkon beradi, xolos. Masalan, H2+J2 2HJ reaktsiyaning muvozanati katalizatorsiz va turli katalizator ishtirokida mukammal tekshirilgan. 3500С da HJ ning dissotsilanish darajasi katalizatorsiz 0,186 ga, katalizatori ishtirokida etganda esa 0,19 ga teng.
Suyuqliklarda boradigan reaktsiyalarda, ba‘zan katalizator ta‘sirida muvozanat kontantasining qiymati sirtdan qaraganda o‘zgargandek bo‘ladi. Masalan:
CH3COOH+C2H5OH CH3COOC2H5+H2O
Bu reaktsiyaning muvozanat konstantasi К=4, HCl katalizatori ishtirokida esa muvozanat konstantasining qiymati 9 gacha yetishi mumkin. Bu hodisa HCl ning suv bilan birikib, HCl2H2О hosil qilishi, demak, reaktsiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyasining o‘zgarishi natijasida yuz beradi. Shunday qilib, bu hol asosiy nazariyaga zid kelmaydi.
Ma‘lum katalizator ta‘sirida qaytar (to‘g‘ri va teskari) reaktsiyaning tezlanishi. Katalizatorning reaktsiya muvozanatini siljitmasligidan, ular to‘g‘ri va teskari reaktsiyalarning tezligini bir xilda oshiradi degan xulosa chiqadi. Masalan:
CO+2H2 CH3OH
Bu reaktsiya bosim ostida turli katalizatorlar (raprprprtpro va boshqalar) ishtirokida boradi. Ular yuqori bosimda reaktsiyani chapdan o‘ngga, past bosimda esa o‘ngdan chapga tomon tezlatadi. Yana bir misol keltiraylik.
C6H6+3H2 C6H12
reaktsiya Pt, Pd, Ni katalizator ishtirokida tezlashadi. 200-4000С da benzol faqat tsiklogeksanga, 200-3000С da esa tsiklogeksan deyarli to‘la parchalanib, benzol va vodorodga aylanadi. Oraliq temperaturalarda esa bu moddalarning hammasi mavjud bo‘ladi.
Katalizatorlar reaktsiyaning aktivlanishi energiyasini kamaytiradi. Reaktsiyaning tezligi aktivlanish energiyasiga teskari proportsional ekanligi ko‘rib o‘tilgan edi. Qanday bo‘lmasin biror reaktsiya katalizatorsiz sezilarli tezlik bilan bormasa, bu hol reaktsiyaning aktivlanish energiyasi, hatto katta energiya zapasiga ega bo‘lgan molekulalarning energiyasidan ham yuqori ekanini ko‘rsatadi. Katalizatorlar reaktsiyaning aktivlanish energiyasini ma‘lum sharoitda molekulalar yenga oladigan darajagacha kamaytiradi. Natijada reaktsiyaning tezligini oshirishiga asosiy sabab, katalizator ishtirokida reaktsiyaning aktivlanish energiyasini turli darajagacha kamaytiradi. 66-jadvalda turli moddalarni gidrogenlash reaktsiyalari aktivlanish energiyasining turli katalizatorlar ishtirokida qanday kamayishi ko‘rsatilgan.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling