1. Sodda elektr zanjirlarini tuzish va ishlashini o‘rganish. Zanjirni tuzish bosqichlari: 1-bosqich


O‘zgaruvchan kuchlanish va tok manbalari


Download 1.39 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1584457
1   2   3   4   5
O‘zgaruvchan kuchlanish va tok manbalari elektron sxemalarning kirish signallari sifatida ishlatiladi (12-rasm).

12-rasm. O‘zgaruvchan kuchlanish va tok manbalari
O‘zgaruvchan kuchlanish manbasida (12-rasm, a) kuchlanishning effektiv qiymati, fazasi va chastotasi beriladi. O‘zgaruvchan tok manbasida (12- rasm, b) tokning effektiv qiymati, fazasi va chastotasi o‘rnatiladi. To‘g`ri burchakli impulslar manbasida (12-rasm, c) impulsning amplitudasi, chastotasi va to‘ldirish koeffitsienti ko‘rsatiladi. To‘ldirish koeffitsienti ga teng, bu yerda - kirish impulsining davomiyligi, T – tebranishlar davri. To‘ldirish koeffitsienti element xossalar oynasining Duty Cycle satrida ko‘rsatiladi.
Funktsional generator (12-rasm, d) Instruments panelida joylashgan, ikkita qarama-qarshi fazali chiqishga ega va sinusoidal, uch burchak, to‘g`ri burchak shakldagi signallarni hosil qilishi mumkin.
Electronics Workbench Multisim dasturida qator o‘lchov asboblari mavjud.
Voltmetr DC rejimida o‘zgarmas va AS rejimida o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘lchaydi. Chiqishidagi qalinroq chiziq manfiy potentsialga mos. Ampermetr ham AC va DC rejimlariga ega.
Raqamli indikator o‘nli-ikkili hisoblagichning chiqishlariga ulanadi. CHap tomondagi chiqishi yuqori razryadga mos keladi.
Basic asboblar panelida passiv elementlar (13-rasm) va kommutatsion elementlar joylashgan.

13-rasm. Passiv elementlar
Bir qutbli tumbler. «Probel» (Space) klavishasi yordamida ulab-uziladi (xossalar oynasida boshqa klavishaga almashtirish ham mumkin).

Ulanib uzilish vaqti dasturlanuvchi vaqt relesi.
Aktiv asboblar diskret elementlar sifatida kiritilgan:
• diodlar (Diodes paneli);
• bipolyar, maydonli, MDP tranzistorlar (Transistors paneli);
• analog (Analog ICs paneli);
• raqamli (Digital ICs, Logic Gates, Digital panellari);
• analog-raqamli va raqamli-analog o‘zgartkichlar (Mixed ICs paneli).

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling