1. Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari


Download 133.5 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1505366
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari

Limfadenit—limfa tugunlarining jarohatlanishi bilan kechadigan limfadenitda jarohatlangan teri, yumshoq to'qimalar va yiringlagan yallig'lanish "infeksiya darvozasi " bo'lib hisoblanadi.
Infeksiya darvozasi—[O~O]=SB; tur-jins munosabatli, bitishuvli otli so'z birikma; perifraza.
"Sihat-salomatlik"jurnali,2020,10-11 son.
Saramas(roja)—teri va shilliq pardalarning seroz yallig'lanishi bo'lib, terida ,oyoqlarda ,yuz va lablarda chegaralari aniq, qizil giperemiya shaklida paydo bo'ladi. Saramas bilan kasallanish bosh miyaga , ko'z kosasiga yomon ta'sir qiladi.
"Sihat-salomatlik" jurnali,2020,10-11 son.
Psorioz—qichima ,qipiqli temiratki ,yuqmaydigan surunkali teri kasalligi.Moddalar almashinuvi,asab va endokrin tizimi faoliyatining buzilishi,gaymorit, o't pufagi yallig'lanishi natijasida paydo bo'ladi.
"Sihat-salomatlik" jurnali 2019,6- son.
Diatez—chilla yarasi—yuz terisi ,ayniqsa, yanoqlarning qizarishi ,mayda pufakchalar bilan qoplanishi ,namlanib suvchirashi bilan kechadi .
Chilla yarasi—[O~O]=SB; tur-jins munosabatli, bitishuvli,otli so'z birikmasi.
"Sihat-salomatlik" jurnali 2020,4- son.
Ushbu bobda ko'rib o'tgan termin va atamalar turli xil davrda manbalardan olingan.Qiyoslaydigan bo'lsak,"Bonu "romanida keltirilgan iboralar va Abu Bakr ar-Roziy asarida keltirilgan kasallik nomlanishi ,davolash profilaktikasi o'zgachadir.Demak,vaqt o'tgani sayin kasallik nomlari ham o'sha davr leksikasiga moslashib borar ekan.
Ish tahlili natijalari shuni ko'rsatdiki, tibbiy lingvistikani takomillashtirish muhim vazifadir.Boisi so'nggi yillarda tibbiy sohada tildagi,fikr ifodasidagi qiyinchiliklarni ro'kach qilib,rus tilidagi yoki ma'lum tibbiy atama o'zlashgan tildagi tayyor qoliplarga murojaat etishadi,ya'ni oson yo'l tutishga urinish va boshqa salbiy oqibatlar,eng avvalo,davlat tilining to'laqonli ilm tili darajasiga aylanib ulgurmagani natijasidir.Bugungi kunda esa shunday kemtiklikni bartaraf etish maqsadida soha tilshunosligini rivojlantirish oldimizga qo'yilgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi.Ya'ni tibbiyot xodimlari uchun tibbiy atamalarga bag'ishlangan elektron platformalar, elektron darsliklar yaratish o'zbek terminologiyasi uchun muhim manba sanaladi.Tibbiyotning yirik sohalaridan biri bo'lgan teri -tanosil xastaliklariga tegishli tibbiy atamalar ham talaygina.Bunday tibbiy atamalarning ilmiy va ommabop variantlarini ajratish, tibbiy terminlarning barcha uchun tushunarli muqobillarini yaratish o'zbek tilshunoslari oldidagi vazifadir.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling