1. Til, nutq Matn va uning turlari


Biografiya va avtobiografiya


Download 22.98 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi22.98 Kb.
#1579700
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-amaliy mashg\'ulot

Biografiya va avtobiografiya. Kishilarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi bayn biografiya (avtobiografiya) deyiladi. Biografiyada bayon kishining tug‘ilgan joyi va yilidan boshlanadi. Biografiya (avtobiografiya) quyidagi tartibda yoziladi:
1. Ismi sharifi, tug‘ilgan yili, tug‘ilgan joyi: rayoni, shahri, viloyati haqida ma’lumot.
2. Ota-onasi, aka-ukalari haqida ma’lumot.
3. O‘Qigan maktabi, unga borish va tugatish yillari, maktabning qaysi ma’muriy hududiy bo‘linishga tobeligi.
4. Mehnat faoliyatini qachon, qaerda, kim bo‘lib boshlaganligi, qaerlarda ishlaganligi.
5. Oilaviy ahvoli.
6. Qaysi jamoat tashkilotlarida faol ishtirok etganligi.
7. Mehnatlari evaziga hukumatimizdan olgan taqdirnomalari.
8. Keyingi davrdagi faoliyati haqida ma’lumot.
Tavsifnoma. Kishilarning ijtimoiy faoliyati, jamiyatda tutgan o‘rni haqida muhokama tarzida aytilgan yoki yozilgan bayon tavsifnoma hisoblanadi. Tavsifnomada shaxsning ijtimoiy faoliyatida erishgan yutuq va kamchiliklari, hulqidagi ibratdi xususiyatlari; kishilar bilan va oiladagi munosabatlari bayon etiladi. SHaxsning faoliyati bilan bog‘liq turli hayotiy dalillar keltirilib, ular asosida shaxsga baho beriladi.
Intervyu. Mabuotda e’lon qilish, radioeshittirish yoki televidenieda foydalanish uchun muxbirning biror kishi bilan o‘tkazgan suhbati, shu suhbatning matbuotda e’lon qilingan matni intervyu deyiladi. Intervyu (suhbat) jamiyatimizdagi istalgan kishi bilan o‘tkazilishi mumkin. Intervyu radio va televileniega xos janr bo‘lib, unda uchrashuvda ishtirok etayotgan shaxsning ijtimoiy faoliyati ishdagi yutuq va kamchiliklari, bu boradagi muammolar haqida fikr yuritiladi. Unga shaxsiy va oilaviy hayoti yuzasidan savollar berilishi mumkin.
Ma’ruza. "Ma’ruza" so‘zi, odatda, ikki ma’noda ishlatiladi:
1. Rahbar yoki boshliqqa og‘zaki yoxud yozma berilgan axborot. Masalan, "Bayramoldi topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan yoshlar tashkiloti mutasaddisining maktab direktoriga yozma ma’ruzasi" kabi.
2. Biror mavzu yuzasidan jamoatchilik oldida berilgan axborot.
Ikkinchi ma’noda ma’ruza omma orasida so‘zlanadigan nutqning ko‘rinishlaridan bo‘lib, turli mavzularda yoziladi; ya’ni pedagogik mavzudagi ma’ruza, adabiyotlar obzoriga bag‘ishlangan ma’ruza, ilmiy ma’ruza, hisobot ma’ruzasi kabi.
Ma’ruza ma’lum tayyorgarlikdan keyin yig‘ilgan materiallarga, dalillarga asoslangan holda yoziladi. SHunga ko‘ra, ma’ruza yozuvchi unda ma’lum maqsadni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va rejalashtiradi. Dalillar, manbalardan olingan parchalar ko‘zlangan maqsadni ochadigan qilib tanlanadi.
Ma’ruzaning asosiy rejasi quyidagi qismlarni o‘z ichiga olish zarur:
1. Kirish qism. U asosiy masalaga o‘tish "ko‘prigi" hisoblanadi. Unda taxminan, kundalik siyosat, ma’ruza uchun sabab bo‘lgan voqealar chingari omillar ustida so‘zlanib, asta-sekin mavzuni yoritishga o‘tiladi.
2. Ma’ruza mavzusining bayoni.
3. Bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqadigan xulosalar.
4. Taklif, tavsiyalar. Bu punk aksar ma’ruzalarda bo‘lmasligi mumkin.

Download 22.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling