1 tursunov u. A
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekistonda jamg‘armalar va investitsiyalar holatini makroiqtisodiy jihatdan statistik baholash
www.interfinance.uz
2
ekanligini, iqtisodiyotda jamg‘arish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa mamlakatda iqtisodiy o‘sish potensiali shunchalik katta bo`lishini isbotlab berdi [2]. Ammo, iqtisodiy rivojlanishda ishlab chiqarish omillariga urg‘u beruvchi klassik maktab ham, jamg‘arish darajasi, aholining o‘sishi va texnologik rivojlanishni iqtisodiy o‘sishni asosi sifatida ko`rsatuvchi Solou modeli ham iqtisodiy voqeliklarni faqat uzoq va juda uzoq muddatdagina tavsiflab bera oladi. Qisqa muddatlardagi iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni esa boshqa bir olim “Buyuk inqiroz” davridagi keskin iqtisodiy pasayishning sabablarini izohlash chog‘ida ta’riflab berdi. Bu inson angliyalik atoqli iqtisodchi Jon Meynard Keyns hisoblanadi. Keyns nazariyasiga ko‘ra qisqa muddatlarda iqtisodiy pasayishlar va tushishlarning sababi ishlab chiqarish omillari emas, balki mamlakat aholisi xarajatlarining o‘zgarishidir. Ya’ni, iqtisodiyotda qisqa muddatlarda mamlakat aholisi qanchalik ko`p xarajat qilsa, mamlakat miqyosida shuncha ko‘p mahsulot sotiladi. Demak, shuncha ko‘p mahsulot ishlab chiqariladi. Keyns nazariyasi jamg‘armalar va jamg‘arishga oid muhim farazni ham ilgari suradi, ya’ni qisqa muddatlarda aholi kamroq jamg‘argani ma’qul, zero aholi qancha kam jamg‘arib shuncha ko‘p xarajat qilsa, shuncha ko`p mahsulot sotiladi va tabiiyki shuncha ko‘p mahsulot ishlab chiqariladi [3]. Jamg‘armalarning makroiqtisodiy jarayonlardagi ahamiyatini hisobga olib, O‘zbekistonda jamg‘armaning holatini aks ettiruvchi quyidagi grafikni keltiramiz.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling