1. Yengil atletika sport turin xakamlik paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari


I. Dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning egallagan o‘rinlarni aniqlash


Download 57.96 Kb.
bet10/16
Sana31.03.2023
Hajmi57.96 Kb.
#1311923
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1-seminar Yengil аtlеtikа turlari bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)

I. Dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning egallagan o‘rinlarni aniqlash
1. Bir davra musobaqasi o‘tkazilganda, egallagan o‘rin eng yaxshi natijaga ko‘ra aniqlanadi.
2. Bir necha davrali musobaqa o‘tkazilganda, mazkur masofada g'olibni hamda sportchilar egallagan o‘rinIarni aniqlash, ishtirokchilar musobaqaning dastlabki davralarida ko‘rsatgan vaqtdan qat’I nazar, final natijalariga ko'ra amalga oshiriladi. Finalga chiqmagan ishtirokchilar orasida o'rinlar fmaldan awalgi davralarda ko‘rsatilgan natijalar bo'yicha taqsimlanadi.
3. Qo‘shimcha finallar o‘tkazilganida, sportchilarga o‘rinlar “A” final natijalari, keyin “В”, “V” fmali, keyin esa finalchilar tarkibiga kirmagan ishtirokchilar ko‘rsatgan natijalarga ko'ra taqsimlanadi.
4. Musobaqaning biror bosqichiga uzrsiz sabab bilan kelmagan sportchi diskvalifikatsiya qilinadi, uning natijasi esa bekor qilinadi. U, shuningdek,, boshqaturlar (jumladan, estafetali yugurish) bo'yicha musobaqalarda qatnashishga ham qo‘yilmaydi.
5. Uzrli sabab bilan kelmagan sportchi musobaqaning mazkur davrasida oxirgi o‘rinni egallaydi.
II. Balandlikka va langarcho‘p bilan sakrashlarda
1. O‘rinlar asosiy musobaqalarda ko‘rsatilgan natijalarga muvofiq taqsimlanadi.
2. Agar balandlikni bir necha sportchi egallagan bo‘lsa, u holda bunga eng kam urinish sarfiagan sportchiga ustunlik beriladi
3. Bu ko‘rsatkichlar ham bir xil bo‘lsa, mazkur musobaqada barcha balandliklarda (so‘nggi egallangan balandlikni ham hisobga olganda) muvaffaqiyatsiz urinishlari miqdori eng kam bo‘lgan sportchiga ustunlik beriladi.
4. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha g‘olibni aniqlash mumkin bo‘lmasa, unda qayta sakrash o‘tkaziladi.
5. Qayta sakrash musobaqalarning davomi hisoblanib, qaydnomaga kiritiladi, muayyan shaxsni aniqlash uchun xizmat qiladigan natijalar rekord sifatida tasdiqlanishi va razryad me’yorlarini bajarish deb inobatga olinishi mumkin. Sakrashlar eng oxirgi (egallanmagan) balandlikdan boshlanadi, bittadan urinish imkoni beriladi. Qaydnomadagi yozuvlarga muvofiq balandliklar ko‘tariladi yoki pasaytiriladi. Ishtirokchi asosiy musobaqalarda o‘tkazib yuborgan balandliklariga ham sakrashi shart. Boshqa sportchilar egallagan balandlikni ololmagan ishtirokchilar qayta sakrashdan chiqib ketadi. Boshqa sportchilar ololmagan balandlikni egallagan ishtirokchiga birinchi o‘rin beriladi. G‘olib aniqlanganidan so‘ng, qayta sakrash to‘xtatiladi va unda ishtirok etgan boshqa sakrovchilarning o‘rinlari taqsimlanadi. Birinchi o‘ringa da’vo qilmagan ishtirokchilarning ko‘rsatkichlari teng bo'lsa ham o‘rinlar taqsimlanadi.

Download 57.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling