10-mavzu: Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar. Reja: Ijro yig‘imi tushunchasi va uni undirish tartibi
Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
Download 20.55 Kb.
|
10-mavzu Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar.
2. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 75-moddasida belgilab qo'yilganidek, sud ijrochilarining depozit hisobvarag‘ida bo‘lib, ijro harakatlarini tashkil etish va amalga oshirishga sarflangan mablag‘lar, shuningdek, ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslarning mablag‘lari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hisoblanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga quyidagilar kiradi: — qarzdorning mol-mulkini tashish, saqlash va realizatsiya qilishga sarflangan mablag‘lar; — ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan tarjimonlar, mutaxassislar va boshqa shaxslarga haq to‘lashga sarflangan mablag‘lar; — undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali o‘tkazishga (jo‘natishga) sarflangan mablag‘lar; — qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori bo‘yicha olib qo‘yilgan bolani qidirishga sarflangan mablag‘lar; — ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur ijro harakatlariga sarflangan mablag‘lar. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Ijro harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni taraflar ko‘taradi. Ammo Qonunda belgilanishicha, ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ham ko‘tarishi mumkin. «Sud huijatlari va boshqa organlar hujijatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 9, 10 va 13-moddalariga muvofiq ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga mablag‘lari sarflanishi mumkin bo'lgan, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi «boshqa shaxslar» deganda taraflarning vakillarigina tushuniladi. Qonunning 54-moddasiga muvofiq xatlangan va ro'yxatga olingan mol-mulkni baholash sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. Taraflar amalga oshirilgan baholashga rozi bo'lmaganlarida, mol-mulkni baholash uchun sud ijrochisi tomonidan mutaxassis jalb etiladi. Bunday hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan baholash yuzasidan nizolashayotgan taraf ko‘taradi. Qonunning 76-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini undiruvchi ko‘taradi. Download 20.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling