12-маъруза радиоактив фон. Радиоактив фон манбалари. Радиоактив парчаланишларнинг экзотик турлари кластер радиоктивлик. Радиоизотопларнинг тиббиётда қўлланилиши. Режа: Радиоактив фон ва унинг манбалари


Download 4.99 Mb.
bet3/5
Sana08.07.2023
Hajmi4.99 Mb.
#1659238
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-maruza

Zaryadlangan zarralar manbalari.
Zaryadlangan zarralr bilan aktivatsion analiz o‘tkazganda asosan etalon va monitor analiz metodlari qo‘llaniladi. Ayrim hollarda absolyut metoddan ham foydalanildi. Bu kamdan kam uchraydigan holdir.Zaryadlangan zarralar manbai sifatida asosan siklotron va chiziqli tezlatgichlar qo‘llaniladi. Ushbu qurilmalar yordamida katta energiyali va yuqori intensivlikka ega bo‘lgan zarralar oqimini olish mumkin. Siklotron bu norelyativistik og‘ir zaryadlangan zarralarni (protonlar, ionlar) tezlatuvchi siklik tezlatgich bo‘lib, bunda zarralar doimiy va bir jinsli magnit maydonda harakatlanadilar. Ushbu zarralarni tezlatish uchun esa yuqori chastotali elektr maydon qo‘llaniladi. Elektr maydon chastotasi o‘zgarmas bo‘ladi. Siklotronda protonlar 25 MeV gacha, α-zarralar 50 MeV gacha tezlatiladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutida U-150-II tipdagi siklotron mavjud bo‘lib, bu tezlatgichda fundamental yadro fizikasi, radiatsion materialshunoslik, yadroviy radiokimyo, radiobiologiya va tibbiyot sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tezlatgichda protonlar - 8 – 22 MeV, deytronlar 10 – 20 MeV, ionlar - 20 – 40 MeV va alfa-zarralar - 25 – 50 MeV energiya diapazonlarida tezlatiladi. Mazkur tezlatgichda ko‘p yillar davomida zaryadlangan zarralar ishtirokidagi aktivatsion analiz ham amalga oshirib kelingan.
Yadro tibbiyotida qo‘llanilayotgan radionuklidlarning sinflarga bo‘linishi
Hozirgi kunda radioaktiv izotoplar quyidagi to‘rtta turli yo‘nalishlarda qo‘llanilishi mumkin:
1) ilmiy tadqiqotlarda, sanoatda va meditsinada radioaktiv indikator sifatida;
2) texnologik nazorat qiluvchi radioizotop asboblarda, modda tarkibini yadro-fizikaviy tahlil qiluvchi asbob va qurilmalarda;
  • radiatsion texnologiyalarda va radioterapiyada moddaga ta’sir qilish uchun kuchli nurlanish manbalari ko‘rinishda;
  • “kichik” energetika (ya’ni issiqlik radioizotop manbalarida, radioizotop termoelektron generatorlarda va atom batareyalarda) radioaktiv yoqilg‘i sifatida.

Tibbiyotda radioizotoplar ikki yo‘nalishda, ya’ni diagnostika va davolashda qo‘llaniladi. Tibbiyotda qo‘llaniladigan radionuklidlarni ularning xususiyatlari bo‘yicha shartli ravishda sinflarga bo‘ldik.
Tashxislashda (diagnostikada) qo‘llaniladiganlarni ikkiga, ya’ni +-nurlatgichlar va -nurlatgichlar. Bunday maqsadlarda qo‘llaniladigan radionuklidlar axborot tashuvchi radionuklidlar bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur radionuklidlar radiofarmatsevtik preparatlar ko‘rinishida tayyorlanadi. U inson organizmiga kiritilgandan keyin o‘zidan nurlanish chiqaradi. Bu nurlanishni tashqi detektorlar bilan o‘lchash orqali muhim axborot olinadi.

Download 4.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling