12-ma’ruza. Urug’lanish. Implantatsiya. Maydalanish. Reja
BO'LINISH YOKI MAYDALANISH
Download 74.5 Kb.
|
12-ma\'ruza
BO'LINISH YOKI MAYDALANISH
Urug'lanishdan ma'lum vaqt o'tgandan keyin zigotaning bo'linishi maydalanish yoki bo'linish deb ataladi. Bu jarayon zigotaning ko'p hujayrali embrionga aylanishiga sabab bo'ladi. Maydalanish mexanizmlari qadimdan o'iganilib kelinmoqda. Maydalanish natijasida hosil bo'lgan hujayralarni ba'zi olimlar bo'shliq deb atagan bo'lsa, Malpigi xaltacha, K. F. Volf pufakchadan iborat deb bilgan. L. Oken tuban hayvonlar inluzoriyalardan tuzilgan, deb taxmin qilgan. Har qanday •hujayraning hayoti ota-ona belgilari bilan ta'minlangan holda boshlanadi va ma'lum vaqtdan keyin bu hujayraning hayoti nihoyasiga yetib, yangi ikkita hujayraga bo'linadi. Bu jarayon normal holatlarda to'xtovsiz davom etadi. Bo'linishning asosiy vazifasi zigota organoidlarining ikki hissa ortishi, qiz hujayralarga bu qismlarning teng taqsimlanishidir. Bu jarayonning eng muhim xususiyati shundaki, genetik axborotni tashiydigan molekulalarni yangi hujayralarga to'la va teng o'tkazish hamda taqsimlashdan iborat. Bu vazifalarni boshqaradigan nuklein kislotalar - DNK va RNK ning aniqlanishi hozirgi zamon biologiya fanining ulkan yutuqlaridan biridir. Urug'lanish natijasida hosil bo'lgan zigota oldin ikki blastomerga, ular 4 taga, 8 taga, 16 taga, 32 taga, 64 taga va hokazo bo'linib ketaveradi (45-rasm). Zigota yirik hujayra bo'lsa, undan hosil bo'ladigan blastomerlar o'sishga ulgurmasdan borgan sari kichiklashib, normallashib boraveradi. Shunday qilib, oogenez davrida buzilgan yadro-sitoplazma nisbati yana tiklanadi, ya'ni sitoplazma ko'paymaydi, DNK har bir mitoz bo'linishda ikki hissa ortadi Jumladan, dengiz tipratikani oositidayadro-sitoplazmanisbati o'sishgacha 1G'6, yetUgan oositda IG'550, siklop oositida o'sishgacha 1G'15, yetilgan oositdalG'1260 nisbatdabo'ladi.Demak, oosit dengiz tipratikanida91 marta, siklopda 84 marta kattalashgan. Bunday kattalashish uchun oosit 6-7 marta bo'linishi lozim. Zigotani maydalanishga majbur etuvchi omillardan biri yadro - sitoplazma nisbatining teng emasligi hisoblanadi. Bo'linish yoki maydalanish natijasida hosil bo'lgan hujayralar blastomerlar deb ataladi. Blastomer grekcha blast - kurtak, meros - bo'lak, qism degan ma'noni bildiradi. Blastomerlarning to'plami blastodisk deyiladi. Blastomerlarni biridan ikkinchisini ajratuvchi chiziq bo'linish egatlari yoki maydalanish egatlari deb ataladi. Ular har xil yo'nalgan bo'ladi. Shunga ko'ra, animal qutbdan vegetativ qutbga qarab o'tuvchi meridional, ekvator bo'ylab o'tuvchi ekvatorial, ekvatorga parallel o'tuvchi tangensial egatlar farqlanadi. Bo'linish egatlari hujayraning kiritmalardan holi bo'lgan qismida joylashuvchi va sof plazmada joylashgan bo'linish urchug'ining holati bilan belgilanadi. Shuningdek, bo'linish egatlarining hosil bo'lish tezligi tuxumdagi sariqlik miqdoriga teskari proporsionaldir. Maydalanish davrida eng muhim jarayonlardan biri maydalanish chizig'irung hosii bo'lishidir, K. Kavamuraning kuzatishiclia, hujayraning mitoz apparatini markazdan biror tomonga siljitilsa yoki uni 90° ga burilsa, maydalanish chizig'ining o'rni ham shunga qarab o'zgaradi. Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling