133 so 'z Go'zallikta'rifi


Download 99 Kb.
bet16/23
Sana10.11.2021
Hajmi99 Kb.
#172965
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Диктантлар рейтинг учун 28 бет 28 вариант бар

Men huquqshunos bo‘laman
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchimiz bizni ertak o‘qishga o‘rgatgan. Shu bois ertaklarda uchraydigan nohaqliklar, adolatsizliklar haqida ko‘p o‘qiganman. Jamiyatda ham uchraydigan bunday holatlar haqida eshitganlarim hamda shohidi bo‘lganlarim sabab ularni bartaraf etish mening tinchimni o‘g‘irladi. Ulg‘aygach hind filmlaridagi advokatlarning faoliyati mening qalbimni o‘ziga rom etdi. Yuqori sinflarda “Konstitutsiyaviy huquq”va “Davlat va huquq” fanlari esa meni sharafli va ayni paytda o‘ta mas’uliyatli kasb - yuristlikka bo‘lgan xohishim va irodamni tamomila qat’iylashtirdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kelajakda huquqshunos bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.

Albatta, yurist bo‘lish uchun faqatgina xohish va irodaning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Buning uchun o‘qish, tinimsiz mehnat qilish talab etiladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, Toshkent davlat yuridik institutning birinchi kursiga talaba sifatida qabul qilindim. Endigi navbat o‘z oldimga qo‘ygan ezgu maqsadga erishish.

(120 so‘z)


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling