14-ma`ruza. Prognoz usullari va ularning turlari Reja


Prognozlash usullari va ularning turlari


Download 90.02 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi90.02 Kb.
#1150568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-ma`ruza. Prognoz usullari va ularning turlari

14.2. Prognozlash usullari va ularning turlari
Prognozlash masshtabiga ko‘ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy prognozlarga ajratiladi.
Normativ prognoz bo‘lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish yo‘nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta’sir etuvchi omillarga qanday o‘zgarishlar kiritish zarur? Boshqa so‘z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin? (10.2.-rasm)


12.3.-rasm. Prognozlash usullari2

Ekspert (lotincha «tajribali») amalga oshiradigan ekspertiza jarayoni uch bosqichdan iborat:



  1. Ekspertizaga tayyorlanish.

  2. Ekspertlar bilan so‘rov o‘tkazish.

  3. So‘rov natijalarini qayta ishlash.

Ekspertlarning o‘zlari ikkinchi bosqichda qatnashadilar.
Tayyorgarlik ishi uch qismdan iborat:

  1. Savol shakli va mazmunini belgilash.

  2. Savollarni tuzish.

  3. Ekspertlarni shaxsan tanlash va jalb etish.

So‘rov shakllari: intervyu olish, muloqot, yig‘ilish, g‘oyalarni tanlash, o‘yinlar o‘tkazish, anketa tuzish va Delfi usuli.
So‘roqlar individual yoki guruhlarda, yuzma-yuz va sirtdan o‘tkazish mumkin.
Anketa va intervyularda savolni tanlash qiyin. Savollar ochiq yoki yopiq yoki bir necha shaklda bo‘lishi mumkin. Ochik javoblar sifatli yoki erkin holda sonli ifodalar bo‘ladi.
Yopiq savolga javoblar: «ha», «yo‘q», «bilmayman» singari bo‘ladi.
Ko‘p savollar bo‘lganda zarur javob chiziladi.
Ekspertlar guruhini tuzish. Avvalambor ekspertlarni tanlash, ularning malakalariga e’tibor berish va keyinchalik guruhlar tuzish zarur.
Kerakli belgilardan ekspertning ishchanligi, mahorati, o‘rganilayotgan sohaning mutaxassisi bo‘lishi zarur. Buning uchun ko‘p mutaxassislarga savol berilib, u yoki bu sohada kim ekspert ekanligini so‘rash mumkin. Keyinchalik eng ko‘p ovoz olgan ekspertni guruhga kiritish lozim:
.
Ishbilarmonlik bilan ishtirokchilarning boshqa sifatlari ilmiy yondashishi, fikrlash doirasi va saviyasi ham hisobga olinadi.
Guruhlardagi ekspertlar soni so‘rov usuliga bog‘liq. Yuzma-yuz uchrashuv uchun 10-15 kishi kifoya. Agar vaqt, mehnat va mablag‘ sarfi cheklanmagan bo‘lsa, sirtdan so‘roq o‘tkazganda ekspertlar soni cheklanmagan bo‘ladi.
Delfi usuli. Delfi usuli AQSh da XX asrning 60-yillarda yaratilgan. U sirtdan so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Uning xususiyatlari: sirtqi, anonim, so‘rovlar bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi hamda teskari aloqa mavjud, birinchi turdan tashqari har gal ekspertlar oldingi turdagi natijalar haqida ahborot olishadi.
Dastlab ekspertlarga anketalar tarqatiladi, unda muammo izohlanadi, savollar ro‘yxati va unga javob berish tavsifi keltiriladi.
Ekspert javoblarni imzo qo‘ymasdan pochta orqali jo‘natiladi. Tashkilotchilar ekspertlar javoblarini qayta ishlaydi, baho chiqaradi. Mazmun jihatdan o‘rtachalar, farqlar va dispersiya hisoblanadi. Bir oy o‘tgandan keyin ikkinchi tur o‘tkaziladi. Ekspertlarga birinchi tur natijalari bayon qilinib savollar beriladi. Birinchi tur javoblarini inobatga olib ekspertlardan savollarga javob berishi so‘raladi. Javoblar yana umumlashtirilib zarur bo‘lsa yana qo‘shimcha turlar o‘tkaziladi. Agar uchinchi turdan so‘ng javoblardagi farqlar katta bo‘lmasa so‘rov o‘tkazish tuxtatiladi. Oxirgi tur natijalari umumlashtiriladi va tugallangan hisoblanadi.
Prognozlashda ekstrapolyatsiya usuli o‘rganiladigan ob’ektning rivojlanishiga taalluqli bo‘lgan omillarning doiraviylik, o‘zgarmaslik sharotiga asoslangan bo‘lib, ob’ektning o‘tmishdagi va shunga asoslanib kelajakdagi rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.

Download 90.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling