1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


Induktiv xulosa chiqarish


Download 0.94 Mb.
bet120/139
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1252545
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139
Bog'liq
Фалсафа УМК 2023й

Induktiv xulosa chiqarish

Induktiv xulosa chiqarish jarayonida inson fikri yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Induktiv lotincha «induktiv» co‘zidan olingan bo‘lib, «chiqarish», «hosil qilish» ma’nolarini anglatadi. Induktiv xulosa chiqarish insoniyat amaliy va aqliy faoliyatining o‘ziga xos natijasi hisoblanadi. Insoniyat ko‘p asrlik ijtimoiy – tarixiy amaliyoti tufayli yakka predmet va hodisalarga xos ayrim belgi - xislatlarning boshqalarida takrorlanishini bilib olgan. Bu takrorlanish oqibatda inson fikrini yakkadan umumiylikka qarab yo‘naltirgan. Yakka predmet va hodisalarni takror va yana takror o‘rganish ularning umumiy xususiyatlarini payqashga olib kelgan. Kishilar amaliy faoliyat jarayonida ko‘pdan ko‘p alohida fikrlardan umumiy qoidalar hosil qilganlar, olamni bilishda yakkalik, alohidalikdan umumiylikka qarab borganlar, alohida faktlar, hodisalarni umumiylashtirganlar.
Insonning har qanday bilimi asosida alohidalikdan umumiylikka qarab borish yotadi. Dmitriy Mendeleev alohida elementlarni o‘rganish orqali ximiyaviy elementlarning davriy sistemasini kashf etdi. Umuman olganda, har qanday kashfiyotning mohiyatida ma’lum ma’noda yakkalikni umumlashtirish yotadi. Induktiv xulosa chiqarish tafakkurning o‘ziga hos uslubi hisoblanadi. Fikrlashning induktiv uslubi haqidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. Buyuk Yunon faylasufi Suqrot (e.a.469-399) har qanday bilim umumiylik haqidagi tushunchadir. Umumiylik esa alohida hodisalarni o‘rganish va solishtirish natijasida yuzaga keladi, deb bilgan. Induktiv xulosa chiqarish mantiqiy usuliga Suqrot asos solganligini Arastu o‘zining «Metafizika» asarida ko‘rsatib o‘tgan edi. U ikki narsa Suqrotga taalluqli: biri induktiv muhokama, ikkinchisi esa umumiy ta’riflardir, deb ko‘rsatgan.
Induktiv xulosa chiqarish to‘g‘risidagi ta’limot Arastu qarashlarida rivojlantirildi. U, jumladan, «Oddiy sanash induksiyasi» va noto‘liq induksiya to‘g‘risida ma’lumot bergan. XVII-XVIII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi induktiv logikaga qiziqishni kuchaytirdi. Ingliz faylasufi Frensis Bekon o‘zining «Yangi organon» asarida oddiy sanash yo‘li bilan hosil bo‘ladigan ommabop induksiya har doim ham ishonarli bo‘lavermaydi;
Induksiyaning shunday nomlarini topmoq kerakki, ular hodisalarning muhim, asosli tomonlarini o‘zida umumlashtirsin, deb ko‘rsatgan edi. Bekon bunday shakllarni muayyan sxemaga (tartibga) solib o‘rganishni taklif etdi. Uning fikricha, barcha xilma-xil hodisalarni muayyan sanoqli shakllarga solish mumkin. Bu qarash cheklangan bo‘lsada, o‘rta asr soxolastikasiga qarama-qarshi o‘laroq o‘rganishni faktlardan, olamni o‘rganishdan boshlash talabini ilgari surganligi bilan ahamiyatli.
Frensis Bekon hamda tabiatshunos olim Dj. Gershelg‘o‘ning qarashlarini faylasuf, mantiqshunos olim Djon Styuart Millg‘o‘ (1806-1878) rivojlantirdi. U logikaning asosiy maqsadi hodisalar o‘rtasidagi sababiy aloqadorlikni payqashdan iborat, deb bildi. Lekin Djon Mill induksiyaning ahamiyatini absalyutlashtirdi, uni deduksiyadan ajratib qo‘ydi.
Induksiya tushunchasi fanda 3 ma’noda qo‘llanadi:

  1. Induktiv xulosa chiqarish ma’nosida

  2. Olamnibilish metodi ma’nosida

  3. Muhokama yuritish uslubi ma’nosida

Induktiv xulosa chiqarish shunday mantiqiy uslubki, muayyan turkumga mansub ayrim predmetlar haqidagi bilimlardan butun turkum haqidagi umumiy fikrlar hosil qilinadi.
Masalan: Natriy selitrasi suvda yaxshi eriydi.
Kaliy selitrasi suvda yaxshi eriydi.
Ammiak selitrasi suvda yaxshi eriydi.
Kalg‘o‘siy selitrasi suvda yaxshi eriydi.
Demak, barcha selitralar suvda yaxshi eriydi.
Induktiv xulosa chiqarish ma’lum ma’noda haqiqatga yaqin xulosa chiqarishdir. Induktiv xulosaning chinligi quyidagi qoidalarga bog‘liq bo‘ladi:
1. Asoslarning chinligi; 2. Ular orasidagi aloqadorlikning real mavjudligi. Lekin bundan har qanday chin asoslardan chin xulosa chiqarish mumkinligi kelib chiqmaydi. Bunda quydagi xatolar kuzatiladi:
Shoshma-shosharlik bilan chiqarilgan xulosa;
«Shundan keyin, demak shu sababli» xatosi.
Bu xatolar mantiqning yetarli asos qonunini buzib talqin etishdan kelib chiqadi.
Induktiv xulosa chiqarish 2 yo‘l bilan amalga oshiriladi:
1. To‘liq induksiya
2. Noto‘liq induksiya
To‘liq induksiya shunday induktiv xulosa chiqarish uslubiki, bunda muayyan turkumga mansub predmetlar haqidagi fikr unga mansub barcha predmetlarni beistisno qamrab oladi va ularni chuqur o‘rganish orqali chiqariladi. To‘liq induksiyada asoslar yig‘indisi xulosaga teng bo‘ladi. Buni quydagi sxemada ifodalash mumkin:
S1 – R dir
S2 – R dir
S3 – R dir
S4 – R dir
Demak, S – R dir
Aristotel to‘liq induksiyani induktiv sillogizm deb atagan. To‘liq induksiya qonunlari Karinskiy tomonidan o‘rganildi. U o‘zining «Hodisalar klassifikatsiyasi» asarida «Biz to‘liq induksiya yangi bilim bermaydi, undagi bilim ma’lum predmetlar doirasidan chetga chiqmaydi, degan fikrga qo‘shila olamiz. Bunda yangilik, yangi fikr shundan iborat bo‘ladiki, u predmetlar turkumini o‘zicha xarakterlaydi» - deb ko‘rsatadi.
To‘liq induksiya xulosasining chinligi quydagi talablarning bajarilishini taqozo etadi:

  1. O‘rganilayotgan turkumga mansub predmetlar doirasini aniq bilish;

  2. U yoki bu xususiyatning shu sinfdagi har bir predmetga taalluqli ekanligini aniqlash;

  3. Sinfga, turkumga mansub predmetlar chegarasining aniq bo‘lmog‘i.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling