2 bob: akademik ibrohim mo‘minov mo‘minovichning faoliyati va ijod yo’LI. Falsafiy maktabi


BOB: AKADEMIK IBROHIM MO‘MINOV MO‘MINOVICHNING FAOLIYATI VA IJOD YO’LI. FALSAFIY MAKTABI


Download 44.77 Kb.
bet7/14
Sana03.02.2023
Hajmi44.77 Kb.
#1152914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
AKADEMIK IBROHIM MO\'MINOVNING FALSAFIY MAKTABI

2 BOB: AKADEMIK IBROHIM MO‘MINOV MO‘MINOVICHNING FAOLIYATI VA IJOD YO’LI. FALSAFIY MAKTABI.


2.1 Akademik Mo‘minov Ibrohim Mo‘minovichning ish faoliyati, yutuqlari.

Bo‘lajak olim 1931-yilda Samarqand O‘zbek pedagogika akademiyasini tamomlagan. Mazkur yildan e’tiboran Samarqand davlat universitetida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritib, ushbu dargohda S. Ayniy, A. Fitrat, H. Olimjon kabi atoqli shoirlar, B. Soliyev, Y. G‘ulomov kabi tarixchilar bilan birga ishlagan.


Ustoz 1933- yildan boshlab birlashtirilgan adabiyot fakultetining dekani va 1933- yildan 1935- yilgacha Samarqand Davlat Universitetining tarix fakulteti dekani etib tayinlangan. 1941-yilda “Gegel falsafasi” bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1950- yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ustoz ilm yo‘lida juda katta zafarlarga erishgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir-a’zosi (1943), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi (1956), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti (1956-1974), “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining bosh muharriri (1957-1974), “Fan va turmush” jurnalining bosh muharriri (1957), ilk O‘zbek sovet ensiklopediyasining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritgan. Ustoz :
“Samarqand tarixi” ikki jildda, “Buxoro tarixi”, “Xorazm tarixi” kabi bir qator ilmiy nashrlarning muharriri hamdir.
Falsafa va tarixga tegishli turli mavzularga oid 200 dan ortiq monografiya va maqolalar I.M.Mo‘minov qalamiga mansubdir. Shuningdek olim Italiya, Fransiya, Vengriya, Chexoslovakiya, Gretsiya, Pokiston, Afg‘oniston kabi davlatlarda ilmiy ma’ruzalar bilan faol ishtirok etgan. Ustozning rahbarligida falsafaga oid 100 dan ortiq nomzodlik va 30 ga yaqin doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Ibrohim Mo‘minovich Mo‘minov Temuriylar davri san’ati bo‘yicha xalqaro YUNESKO simpoziumini tashkil qilish (Samarqand, 1969 yil) va 1970 yilda Samarqandning 2500 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyaning tashabbuskori.
Shu bilan birga ustoz “O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojining tarixiy masalalariga nazar” (1954), “SSSR xalqlarining falsafa va ijtimoiy-siyosiy fikrlari tarixiga tavsif “(1955-1956), “XIX asr oxiri va XX asr boshida O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlarni rivojlanishi tarixidan” (1957), “Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari” (1958), “Xorazmning buyuk ensiklopedisti” (1973) kabi yirik asarlar muallifi hamdir. Buxoro viloyat davlat arxivida saqlanayotgan fond-1459, ro‘yxat-1, 38- raqamli yig‘majildda Buxoro viloyat hokimi tomonidan 1993-yil 11-noyabrda qabul qilingan 243- sonli qaror mavjud bo‘lib unda - yirik olim va jamoat arbobi, akademik Ibrohim Mo‘minovich Mo‘minov tavalludining 85-yilligini keng nishonlash masalasi bayon etilgan.
Shuningdek ushbu arxiv hujjatida Buxoro davlat universitetida tadbirni tantanali nishonlash, tabiiy va ijtimoiy fakultetlar doirasida 2 nafar talabani, hamda Shofirkon tuman maktab, texnika bilim yurtlar o‘quvchilari orasidan 2 nafarini uchun olim nomi bilan ta’sis etilgan stipendiya tanlovini joriy etish, ushbu tadbirlardan keng jamoatchilikni xabardor etish, gazeta va jurnallarda, radioda akademik Ibrohim Mo‘minov hayoti va boy ilmiy merosi haqidagi materiallarni e’lon qilish haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Ustozga bo‘lgan ehtirom yil sayin oshib, qoldirgan ilm yo‘llari esa shogirdlar tomonidan sayqallanib bormoqda.
Olimning ilmiy merosi tadqiqotlar orqali o‘rganilayotganligi va ulug‘ nomlarining abadiylashtirish uchun qilinayotgan tadbirlar yuqoridagi so‘zimiz tasdig‘i ekanligini tushunish qiyin emas. Ushbu hujjat Buxoro viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.



Download 44.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling