2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/28
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#227141
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP

Jamiyatdagi 

ulug’vorlik umuminsoniy 

qadriyatlar, 

qahramonlik, 

jasorat,xalqparvarlik,  bunyodkorlik  tushunchalari  bilan  uyg’unlashadi.  Davlatda 

barqarorlik,  jamiyatda  adolat  ustuvorligi,  shaxsning  erkin  va  hurfikirlilik  asosida 

faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning ulug’vorligini aks ettiradi. 



San’atdagi  ulug’vorlik o’zining  har  tomonlama  ijodiy  ifodasini  topadi; 

san’atning  barcha  turlari  uchun  ulug’vorlik  asosiy  mezon  bo’lib  xizmat  qiladi. 

Badiiy  adabiyot  va  ifodali  san’at  turlari  ulug’vorlikni  tasvirlashda  xilma  –  xil 

vositalardan  foydalanib  hamda  ulug’vorlik  mavzusini  badiiy  o’zlashtirib, 

qahramonlik eposlarni liro – epik dostonlarni, qahramonlik fojialarini, mardonavor 



musiqa asarlarini (simfoniya, oratoriya)ni vujudga keltirdi. San’atdagi ulug’vorlik 

teatr,  kino,  badiiy  adabiyot  fojiaviylik  bilan  yonma  –  yon  turadi:  estetikaning bu 

ikki mezoniy tushunchasi o’rtasida o’ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo’lib, 

ular  milliylik  va  umuminsoniy  xususiyatlarga  ko’ra  farqlanadilar.  Masalan, 

Shekspir  va  Shayxzoda  asarlari  bir  vaqtning  o’zida  ham  ulug’vorlikni  ham 

fojiaviylikni namoyon etadi. Farq, Ulug’bekni o’limi bilan Otteloning qismatida , 

xolos… San’atdagi ulug’vorlik badiiy mazmun va shaklning barcha imkoniyatlari 

vositasida  ifodalanadi,  lekin  bunda  hal  qiluvchi  rolni  g’oya  o’ynaydi.  Muhim 

ahamiyati  g’oya  yuksak  ruhlangan,  mukammal  shaklning 

zarurligini  yuzaga 

keltirib

,  san’at  asari  darajasining  yuksakligi  belgilab  beradi.  Bu  holat  hayotiy 

haqiqatdan qochishga emas, unga xizmat qilishga da’vat etadi. 

Tubanlik –  insonda  kuchli  nafratlanish  tuyg’ularini  hosil  qiluvchi  estetik 

kategoriyadir.  Nafosatshunoslik kategoriyalari  orasida  xunuklik  singari  kishilarda 

salbiy  his  –  tuyg’u  paydo  qiladigan  boshqa  tushunchalar  ham  mavjud.  Tubanlik 

ana  shunday  tushuncha:  uni  xunuklik  bilan  aynanlashtirib  bo’lmaydi.  Chunki, 

xunuklik  kishilarda  yengil  noxushlik  tuyg’usini  paydo  qilsa,  tubanlik  esa  kuchli 

nafratlanish  hissni  uyg’otadi.  Tabiat,  hayvonot  va  nabobat  olamidagi  xunuklik 

tubanlikka  aylanmaydi.  Insondagi  xunuklik  esa  tubanlik  darajasiga  borib  yetadi. 

Daryoning  suvi  loyqalangani,  ko’kalamzorlarga  to’kilgan  axlat,  qurbaqa,  ilon 

xunik ko’ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson 

tabiatidagi yovuz maylni qo’zg’altirib yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi. 

Ayniqsa, mamlakat boshiga og’ir kulfat tushganda undan o’z moddiy manfaatlari 

yo’lida foyfalanuvchi kimsalar ( 2001  – yil 11 – sentabrda Aqshda sodir bo’lgan 

fojia sabab o’g’ri “ tadbirkorlar” magazinlarni talashgan edi  – H. B. ) tubanlikka 

misol bo’ladi. 



Fojiaviylik muammosi  har  doim  falsafiy  -  estetik  tafakkur  sohiblarining 

e’tiborini  jalb  qilib  kelgan.  Deyarli  barcha  ijodkorlar  yaratgan  asarlarida fojiali 



ohanglar mavjud.  Masalan,  o’zbek  adibi  Maqsud  Shayxzodaning  “  Jaloliddin 

Manguberdi” va “Mirzo Ulug’bek” asarlarida fojiali ohanglar boshdan oyoq sezilib 

turadi.  Mazkur  dramalar  maxsus  fojia  asari  sifatida  yaratilmagan  bo’lsa  ham, 

aslida,  fojiali  ohanglar  ularda  ustuvor  darajada  ifodalangan.  Shayxzoda  kabi 

ijodkor  fojialilik  ruhida  idrok  etishga  moyildir.  San’atning  turi  namoyon 

bo’ladigan fojiali to’qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to’la va chuqur badiiy 

ini’kos  etishdan  kelib  chiqadi.  Sofoklning  fojeiy  asarlari,  Shekspirnikidan 

qanchalik  farqlanmasin,  ular  o’rtasida  umumiylik  baribir  mavjuddir.  Har  qanday 

fojia  zaminida  alohida  fojiali  tanashuv  yotadi  va  uning  eng  muhim  tomoni 

ko’lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir. 

Xegel  fojialilikni  mohiyatli  kuchlar  to'qnashuvining  natijasi,  deb  biladi. 

Chunki,  bu  to’qnashuvlar  kurashining  qanday  tugallanishi  pirovardida  insoniyat 




istiqboli,  taqdiri  bilan  bog’lanib  ketadi.  Bu  hol  fojia  san’atining  falsafiy  jihatdan 

eng hajmli turiga aylantiradiki, unda ijodkorga hayotning insoniyatni butun tarixi 

davomida  hayajonlantiradigan  tub  masalalarni  o’z  oldiga  qo’yib,  hal  qilish 

imkonini  beradi.  Fojia  qahramoni  ko’pincha  ijobiy  tusda  tasvirlanadi,  u 

o’z 

davrining ijobiy orzu-umidlari



, u yoki bu qirralarini o’zida mujassamlashtirgan 

kuchli,  yorqin,  ulug’vor  shaxsni  namoyon  etadi.  Lekin  fojia  to’qimasida  boshqa 

turdagi  qahramonlar  kam  aks  ettirilgan  bo’lib,  o’z  taqdirlari  bilan  tomoshabinda 

o’ta  ziddiyatli  his-tuyg’ular  qo’zg’aydi.  Ularning  mudhish  kirdikorlari,  sodir 

etayotgan  yozuvliklari  insonda  qat’iy  norozilik,  hatto  nafratlanishni  vujudga 

keltirishi bilan bir  qatorda ularning  qilmishlariga  achinmas,  qabih,  jirkant sharoit 

ta’siri  tushib,  ular  o’zlaridagi  go’zal  insoniy  fazilatlardan  begonalashganligini 

anglaysan. 

Fojiaviylikni  san’atdagi  ravnaqi  Uyg’onish  davridan  ko’zga  tashlana  bordi. 

Bu  vaqtda  abadiy  ko’ringan  feodal  munosabatlar  zamini  yemirila  boshlagan  edi. 

Bu davrda kelib, insonga munosabat tubdan o’zgardi, hissiyotli voqea-hodisalarga 

nisbatan  e’tibor  bilan  nazar  tashlaydigan,insonni  ulug’laydigan,  uning  cheksiz 

imkoniyatlarini  kuylaydigan  insonparvarlik  estetikasi  qaror  topdi…  Uyg’onish 

davriga  kelib  fojeiy  asarlar  yangi  tatixiy  vaziyatni,  qadimgiga  nisbatan  boshqa 

shaxs  movqeini  ifodalaydi.  Agar  avvallari  fojiada  shaxs  hali  o’zini  jamiyatda 

ajratmagan va shuning uchun u yoki bu axloqiy g’oya-ideal namoyondasi sifatida 

amal qilgan bo’lsa, Uyg’onish davri fojiasida shaxsiy ehtiros va iroda bosh ohang 

sifatida  jaranglaydi:  tarki  dunyo  azobidan,  o’rta  asr  tabaqaviy  cheklanganligidan 

ozod bo’lgan inson o’z irodasini, o’zligini o’rnatishga unga hali ham qarshi turgan 

voqelik bilan to’qnashadi, boshqa odamlarning orzu va intilishlari bilan muqarrar 

kurashga kirishadi. Bu yerda qismat va taqdirga endi o’rin qolmaydi, fojia manbai-

insonning o’zi, uning yer kurrasidagi hayoti, o’z maqsadi sari intilayotgan odamlar 

to’qnashuvi, ular boshqalarga va o’zlariga nisbatan sodir qiladigan yozuvliklardir. 

Shunday  ziddiyatli  qarama-qarshiliklarga  boy  Uyg’onish  davri  fojiasining  eng 

to’la, badiiy qudratli ifodasi Shekspir ijodida o’z aksini topgan… 

Fojiaviylikning  xususiyati  shundaki,  u  insonga  borliqning  mazmunini  ochib 

berishga  yaqindan  ko’mak  beradi.  Fojiaviylikda  jamiyat  va  insoniyatning 

ezguligini 

himoya 

qiluvchi 

xususiyat 

mujassam. 

Mahmud 

Torobiy 


qo’zg’aloni 

natijasiz  tugashi

,  uning  o’zi  esa  fitna  qurboni  bo’lishi  ajdodlarimiz 

qismatidagi  fojiadir.  Mahmud  Torobiy  g’anim  qo’lida  emas,  o’z  qavmidan 

chiqqan-nurga  emas,  zulmatga  talpingan  kaltabin  johil  Olovxon  Yusuf  qo’lida 

halok  bo’ladi.  Biroq,  Torobiy  timsolidagi  fojia  xiyonat,  sotqinlik,  diyonatsizlik, 

zulm va zo’ravonlik boshidan kechirgan va unga qarshi kurashgan millat, xalq va 

Vatan fojiasidir. 





Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling