2-Mavzu: O'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja
O'SIMLIKLARDA SUVNING MUVOZANATI
Download 74.85 Kb.
|
2-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqoriga kotariluvchi suv oqimining ahamiyati.
- Ilashish nazariyasi.
O'SIMLIKLARDA SUVNING MUVOZANATI
Suvning o'tkazuvchi tomirlardagi harakati. O'simlik tanasi buylab ko'tariluvchi suv asosan ksilema to'qimalari bo'ylab harakat qiladi. Ksilema elementlari esa ildiz va poyadagi kambiyga xos hujayralardan hosil bo'ladi. Yetuk utkazuvchi tomirlar va traxeidlardagi hujayra devorlari yog'ochlangan bo'lib asosan suv utkazish vazifasini bajaradi. Lekin yuqoriga ko'tariluvchi suvning 1-10% tirik hujayra devorlari bo'ylab ham ko'tariladi. Yuqoriga ko'tariluvchi suv oqimining ahamiyati. O'simlik tanasi bo'ylab ko'tariluvchi suv asosan uchta vazifani bajaradi. Birinchidan suv ildiz orqali o'simlikga kirgan moddalar va kimyoviy birikmalarni yuqoriga ko'tarilishiga va ularning er ustki qismlarida to'planishiga olib keladi. Ikkinchidan yuqoriga ko'tariluvchi suv barcha hujayralarni suv bilan ta'minlaydi va ularning turgor holatini saqlaydi. Suv etishmaganda o'simlik hujayralarida bo'linish jarayonlari tuxtaydi. Shuningdek sintezlovchi fermentlarning faolligi pasayib, gidrolitik(parchalovchi) fermentlarning faolligi ortadi. Bu esa o'z navbatida hujayrada kichik molekulali qandlar va oqsillarningg miqdorining ko'payishiga va ularga ma'lum miqdorda suv bog'lanishiga olib keladi. Ushbu suv avval aytib o'tganimizdek hujayralarning o'zlarining avvalgi holatlarini tiklashi va fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning muqobil borishiga xizmat qiladi. Uchinchidan, yuqoriga ko'tariluvchi suv oqimi natijasida ro'y beradigan transpiratsiya o'simlikni isib ketishdan saqlaydi. Ammo bu holat hozircha to'la aniqlanmagan. Chunki, issiqxonalarda havo namligi juda yuqori bo'lganligi tufayli transpiratsiya jadalligi unchalik kuchli emas, shunga qaramasdan o'simliklar isib ketmaydi. Ilashish nazariyasi. Bu nazariya XIX-asrning oxirlarida taklif etilgandir. Bu nazariyaga asosan ksilema kapillyar tomirlaridan suvning transpiratsiyaning so'rish kuchiga javoban ko'tarilishi, suv molekulalarining bir biri bilan ilashish kuchlari natijasida ya'ni kogeziya hamda suvning o'tkazuvchi tomirlar gidrofil devorlariga yopishqoqlik kuchi ta'sirida ya'ni adgeziya natijasida bo'ladi. Ammo ksilema buylab suvning ko'tarilishi tezligi juda kichik. Masalan, o'rmon daraxtlarida suvning o'simlik bo'ylab ko'tarilish tezligi 20 sm3·s-1G’sm2 bo'lsa nina bargli daraxtlarda bu ko'rsatkich 5 sm3·soat-1G’sm2 atrofida. (solishtirish uchun aytish mumkinki, qonning arteriyalar buylab harakatlanishi tezligi 40-50 sm3·soniya-1G’sm2). Ksilema tomirlaridagi suvning bunday kam tezligi ushbu tomirlar devorlarining unga bo'lgan qarshiligining ham kam bo'lishiga olib keladi. Suvning o'simlik tanasi bo'ylab ko'tarilishiga uning molekulalarining bir biriga tortishish potensiallari kuchi ham katta ta'sir qiladi. Masalan 20oC haroratda suv molekulalarining bir biridan ajralishga nisbatan qarshilik potensial bosimi 30 MPa. Mana shu bosim potensialining o'zi ham ishqalanishga ketgan kuchni hisobga olgan holda ham suvni daraxt tanasi buylab 120-130 metr balandlikka ko'tarishga etadi. Suvning o'simlik tanasiga kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Ularning miqdori bir-biriga mos keladi. Ammo yozning issiq-jazirama kunlarida transpirasiyaning miqdori ortadi va qabul qilinayotgan suv bug'lanayotgan suvning o'rnini bosa olmaydi va nisbiy tengsizlik paydo bo'ladi. Buni suv taqchilligi deyiladi. Yuqoridan suvni harakatga keltiruvchi kuch transpirasiya natijasida hosil bo'ladi. Transpirasiya haroratga, o'simlik turiga va yashash sharoitlariga bog'liqdir. Avval aytib o'tganimizdek transpirasiya ikkita jarayondan, ya'ni suvning barg tomirchalari orqali mezofil yuqori qatlami hujayralarga harakati va suvning hujayra devorlaridan hujayra oraliqlariga, sungra esa barg og'izchalari orqali atmosferaga diffuziyalanishidan iboratdir. Bu holat labchali transpirasiya deyiladi. Agar suv epidermis hujayralari devorlari orqali atmosferaga bug'lansa kutikulyar transpirasiya deyiladi. Bundan tashqari ko'proq qish faslida bo'ladigan va daraxtlar tanasidagi yasmiqchalar orqali bo'ladigan transpirasiya ham mavjud. Bu transpirasiya peridermaltranspirasiya deyiladi. Download 74.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling