2-mavzu: sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar struktura(tuzilma) siyosati, uning mohiyati va ahamiyati


Download 194.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi194.51 Kb.
#261615
1   2   3
Bog'liq
2-мавзу 9ff07a40fe4e83e40de0fd915b32ed23

 

№ 

 

Kompleks tarmoqlari 

Kompleks  tarmoqqa 

kiruvchi 

tarmoqlar 

soni 

Elektroenergetika sanoati 



Ko’mir sanoati 



Gaz sanoati 



Neftь va neftni qayta ishlash 



Qora metallurgiya 



Rangli metallurgiya 



Mashinasozlik va metallni qayta ishlash 



40 

Kimyo va neftь-kimyo sanoati 



12 

O’rmonsozlik,  yog’ochni  qayta  ishlash  va  qog’oz 



sanoati  

10 



Qurilish materiallari sanoati 

14 


11 

Oyna va chinni-fayans sanoati 

12 


Mikrobiologiya sanoati 

12 


13 

Meditsina (farmatsevtika) sanoati 

14 


Poligrafiya 

15 



Engil sanoat 

18 


16 

Oziq-ovqat sanoati 

22 

17 


Un, yorma va yem sanoati  

18 



Qolgan tarmoqlar  

21 


 

 

 



3. Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni  

belgilovchi omillar 




Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoklar o’rtasidagi nisbatlar va 

o’zaro  bog’liqlik  tushuniladi.  Tarmoq  tuzilmasi  sanoat  taraqqiyoti  darajasini 

belgilaydi xamda unda yuz bergan va yuz beradigan o’zgarishlarni aks ettiradi. 

Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin: 

• ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; 

• mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini; 

• sanoat va butun xalk xo’jaligining ilmiy-texnika salohiyatini; 

• mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; 

• sanoat tarmog’ining «A» guruhi bilan «B» guruhi o’rtasidagi ishlab chiqarish 

aloqadorligini; 

• ijtimoiy  mexnat  unumdorligi  yoki  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorligining 

darajasini; 

• mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o’sganligini. 

Sanoat  tarmoqlari  tuzilmasini  tavsiflash  uchun  ayrim  tarmoqlar  o’rtasidagi 

ma’lum  ishlab  chiqarish  aloqadorligini  ifodalovchi  miqdoriy  nisbatlarni  aniqlab 

olish kerak. Bu muammoni xal etish uchun bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 

Ulardan  biri  tarmoqlar  o’rtasidagi  nisbatlarni  ifodalasa,  ikkinchisi  ma’lum  davr 

ichidagi  tuzilmaviy  o’zgarishlarni,  uchinchisi  esa,  ishlab  chiqarish  aloqalarini 

ifodalaydi. 

Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 

- mustaqil sanoat tarmoklarining soni; 

- tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog’i; 

- tarmoq rivojining sur’ati; 

- tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti. 

Mustaqil  sanoat  tarmoklarining  soni  mamlakat  industrial  taraqqiyoti,  uning 

iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi. 

Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy 

hajmidagi  ulushi,  ishchilar  soni  va  asosiy  fondlar  kiymatidagi  salmog’i 

ko’rsatkichlari bilan o’lchanadi. 

Tarmoqning rivojlanish sur’atini quyidagicha ifodalash mumkin: 




S=100*P/X 

Bu yerda: S — tarmoqning rivojlanish sur’ati; 

P — tarmoq rivojlanishinint rejali darajasi; 

X — tarmoq rivojining xisobot davridagi darajasi. 

Tarmoqning 

rivojlanish 

koeffitsienti 

tarmoqlar 

tarkibidagi 

miqdor 


o’zgarishlarni  ifodalaydi  va  ma’lum  davrda  sanoat  tarmog’i  tuzilmasidagi 

siljishlarni ko’rsatib beradi. Bu koeffitsient quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

K=Tr*s/Sr*s 

Bu yerda: Tr * s — tarmoqning rivojlanish sur’ati; 

Sr * s — sanoatning rivojlanish sur’ati. 

Sanoat  tarmoqlari  orasidagi  yuzaga  kelgan  mutanosibliklar  va  ularning 

o’zgarishiga  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanish  darajasi  hamda  boshqa  bir 

qator omillar ta’sir etadi. 

Sanoat  ishlab  chikarishi  tarmoq  tuzilmasini  belgilovchi  asosiy  omillarga 

quyidagilar kiradi: 

- fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishta joriy etish; 

- material va yoqilg’i, energetika resurslarini iqtisodiy tejashni kuchaytirish; 

- ijtimoiy  mehnat  taqsimoti,  ixtisoslashtirish  va  kooperativlashtirishning 

darajasi; 

- sanoat ishlab chiqarishining o’sish sur’atlari; 

- aholining moddiy va madaniy darajasi o’sishi; 

- ijtimoiy-tarixiy sharoitlar; 

- mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o’zlashtirish darajasi; 

- mamlakatning  xalqaro  mehnat  taqsimotida  tutgan  o’rni  va  boshqa 

mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi. 

Sanoat tarmoq tuzilmasi o’zgarishiga eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan 

biri  fan-texnika  taraqqiyotidir.  Fan-texnika  taraqqiyoti  eng  avvalo,  yangi  mehnat 

vositalari  va  mahsulotning  yangi  turlarini  yaratish,  mavjud  asbob-uskunalar  va 

texnologaya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog’liq. Bu 

esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga va 



shakllanishiga  turtki  beradi.  Natijada  progressiv  hisoblangan  avtomobilsozlik, 

asbobsozlik,  radiotexnika  va  elektronika,  lazer  texnologiyasi  tez  sur’atlar  bilan 

rivojlanadi. 

Bundan  tashqari,  fan-texnika  taraqqiyoti  tufayli  yangi  progressiv  xomashyo, 

materiallar,  yoqilg’i,  energiya  turlaridan  foydalanish  sanoatda  ishlab  chiqarish 

xarakterini  o’zgartiradi.  Yuqori  tejamkorlikka  ega  bo’lgan  xomashyo,  material 

yarim-fabrikatlar va yoqilg’i ishlab chiqaradigan tarmoklar iste’molchi tarmoqlarga 

mahsulot  yetkazib  berish  ko’lamini  kengaytirishlari  natijasida  xalq  xo’jaligining 

boshqa  tarmoklar  mahsulotlariga  bo’lgan  ehtiyoji  nisbatan  kamayadi.  Masalan, 

sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning taraqqiy etishi to’qimachilik sanoatida 

bir  so’mlik  mahsulot  uchun  sarflanadigan  tabiiy  tola  sarfini  qisqartiradi.  Natijada 

mahsulotning  materialtalabligi  kamayadi  va  sanoat  bilan  qishloq  xo’jaligi, 

sanoatning qazib oluvchi tarmog’i bilan ishlov beruvchi tarmog’i o’rtasidagi nisbat 

o’zgaradi. 

Sanoat tuzilmasining o’zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy 

shakllari  —  kontsentratsiyalash,  ixtisoslashtirish  va  kombinatlashtirish  juda  katta 

ta’sir  ko’rsatadi.  Ishlab  chiqarishda  kichik  korxonalarnish  ko’payishi  tarmoq 

taraqqiyotini  tezlashtirgani  holda  uning  umumsanoat  mahsulotidagi  miqyosi 

oshishiga  olib  keladi.  Ixtisoslashtirish  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  jarayonini 

ifodalagani  holda  ayrim  mahsulotlar  yoki  mahsulot  qismlarini  mustaqil  ishlab 

chiqarishga tayyorlashga, yanga sanoat tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab bo’ladi. 

Masalan,  ixtisoslashtirishning  taraqqiy  etishi  natijasida  mashinasozlikda  butlovchi 

buyumlar sanoati, asbob-uskuna sanoati, asbobsozlik, elektronika va boshqa sohalar 

tashkil topadi. 

Kooperativlashtirish va kombinatlashtirish tarmoqlar o’rtasidagi aloqadorlikni 

kengaytiradi va tarmoq strukturasini murakkablashtiradi. 

Kishilar  moddiy  va  ma’naviy  farovonliginish  o’sishi  ham  sanoat  tarmoqlari 

tuzilmasining o’zgarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Bu omil ta’siri ostida yengil va 

oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti 

o’zgaradi, iguningdek, madaniy-maishiy buyumlar — televizor, soat, fotoapparat, 




kir  yuvish  mashinasi,  mototsikl,  motoroller  va  boshqalarni  ishlab  chiqaradigan 

maxsus tarmoklar tashkil topadi. 

Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan yana 

biri — mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni hisoblanadi. 

Hozirgi  davrda  iqtisodiy  integratsiyaga  kiruvchi  har  bir  mamlakatda  ayrim 

tarmoqlar taraqqisti uchun qulay iktisodiy, ijtimoiy va tabiiy sharoitlar borligi tufayli 

iqtisodiy  integratsiya  dasturlari  tuzilgan.  Ulardagi  sanoat  o’z  mamlaka-tining 

ehtiyojtarinigina emas, balki boshqa davlatlar ehtiyojlarini ham hisobga olgan holda 

rivojlanmokda. 

Mustaqillik yillarida O’zbekiston sanoat tarmoqlari tuzilmasida g’oyat muhim 

o’zgarishlar ro’y bermoqda.  

 


Download 194.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling