2-mavzu. Umumiy psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari reja


Download 11.16 Kb.
bet4/4
Sana13.11.2023
Hajmi11.16 Kb.
#1769317
1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzu psixo, 1 kurs

Laboratoriya (klinika) eksperimenti metodining (1879 yili V.Vunt kiritgan) asosiy xususiyati, shundan iboratki bunda o’rganilishi lozim bo’lgan psixik jarayonlaming (masalan idrok, diqqat.xotira kabi) qanday sharoitda qachon yuz berishini kutib o’tirmasdan tekshiruvchi kishi (eksperimentator) sinalayotgan odamda shu jarayonlami maxsus tarzda ishga soladi. Bundan tashqari laboratoriya eksprementi sharoitida eksperimentator o’rganayotgan har bir psixik jarayonnihohlagan marta, ya'ni takror-takror yaxshilab sinab ko’rishi mumkin.
Testlar ichida proektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh dog‘lari» testi, yoki TAT (tematik appersepsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proeksiyasidan go‘yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. O‘sha 1921 yilda kashf etilgan «siyoh dog‘lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog‘lar nimalarga o‘xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo‘nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo‘llashi va natijalarni mohirona taxlil qilishi talab qilinadi.
.
Modellashtirish metodi kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o‘rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bunda o‘sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Metod so‘zining ma’nosi nima?
2. Ananevning ilmiy tadqiqot usullari klassifikatsiyasi haqida gapirib bering.
3. Empirik metodlar guruhiga qaysi metodlar kiradi?
Download 11.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling