2 Tushuntirish xati


Download 3.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana02.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1739153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf ona tili

III variant 
Matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring. 
…Oldingi partalarda husn berib turgan og‘ir tabiatli pesh qadam o‘quvchi qizlar 
allaqachon ishni boshlab yuborishdi. Ularning yonida o‘tirmasam ham, nimalar 
yozayotganlarini kiftlari ustidan ko‘rib turganday bo‘lar edim: “Ilk xotiramda qolgan 
birdan-bir narsa mehribon onajonimning kichkina karavotcham ustiga egilgan oltin sochli 
aziz boshi, menga mexr-u muhabbat bilan kulimsiragan havo rang ko‘zlaridir…” tarzida 
shoirona bir yolg‘on … aslida esa, onalar oltin va havoranglardan boshqa ranglarda ham 
bo‘ladilar. Faqat so‘rlarning (tarbiyachilar) o‘quvchilari qalamidan shunday ranglarga 
bo‘yalib chiqish va bechoralar uchun bir majburiyat, biz uchun esa odat edi. 
Menga kelsak, butunlay boshqacha qiz edim. Juda yoshligimda ayirilgan onamdan 
esimda nihoyatda oz narsa qolgan. Lekin onamning oltin sochli, havo rang ko‘zli 
bo‘lmaganini aniq bilaman. Shunday bo‘lgandan keyin, uning asl qiyofasini o‘zgartirib 
tushuntirishga va bundan mamnun bo‘lishga hech qanday kuch meni majbur qila 
olmaydi… 
Topshiriqlar: 
1. Berilgan adabiy parcha qaysi asarga taalluqli? Asarning janri, muallifi va nomini 
aniqlang. (10 ball) 
2. Sizga onangiz haqida yozishga to‘g‘ri kelsa, qaysi fazilatlari haqida ko‘proq yozgan 
bo‘lar edingiz? (20 ball) 
3. Berilgan fikrlar asar qahramonining qanday inson ekanligidan dalolat beradi? (20 
ball) 
4. Ajratib ko‘rsatilgan gapda qo‘llangan ko‘chma ma’noli so‘zning leksik xususiyatini 
izohlang.(10 ball) 
5. Juda yoshligimda ayirilgan onamdan esimda nihoyatda oz narsa qolgan. Jumladagi 
turlangan so‘zlarni aniqlang va gapdagi sintaktik vazifasini izohlang. (20 ball) 
6. Matndan 2-gap tarkibida qo‘llangan tinish belgilarining qo‘llanishini izohlang. (10 
ball) 
7. Matndan imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni ajratib, to‘g‘rilab ko‘chiring.(10 
b) 

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling