2021 chig‘atoy ulusida ilk boshqaruv shakli


Oriental Renaissance: Innovative


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana20.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1787982
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
chig-atoy-ulusida-ilk-boshqaruv-shakli

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
SJIF 2021: 5.423 
262 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
Zulxijja oyi 664/sentyabr 1265 yilda Xo‘jand atrofida Muborakshoh asr olindi 
va taxt Baroq ibn Yisu-Bo‘qa ibn Mitukan ibn Chig‘atoy qo‘liga o‘tdi
59
. Buning 
uchun u amir-bitikchi bilan Muborakshohga qarshi fitna etgan edi va Baroq uni 
lochinbozlari boshlig‘i etib tayinlaydi
60
. Xonlik davrida u bir necha bor Xurosonga 
yurish qilgan, ammo Xulaguning (Gulog‘u) o‘g‘li Abak-Xon (Abaqaxon) tomonidan 
mamlakatdan xaydalgan. Buxoroga kelgach, u ham islomni qabul qiladi va tarixda 
Sulton G‘iyosiddin deb yodga olinadi
61
.
1271 yilda va nihoyat imperiya taxti O‘qtoy xonadoniga qayta nasib etib Qaydu 
unda Hoqon bo‘ldi. Bundan boshlab imperiya sarxadidagi barcha yerlarda uning 
siyosati amalga osha boshladi. Jamol al-Qarshiy uning haqida shunday ta’rif beradi: 
“... ayni damda Qaydu eng ziyrak va uddaburon hamda zamonamizning mohir 
siyosatdoni bo‘lib kelmoqda. Kelishuvni hal etishda qo‘li uzun, izzat-hurmat qilishda 
va yaxshi yomonni ajratishda yuqori darajali zot edi...
62
.
Baroqxon xonlik taxtida o‘rnashib olgach, uning bilan Qayduxon ibn G‘ozi 
o‘g‘il ibn O‘ktoy Hoqon o‘rtalarida muxoliflik tushdi. Ko‘p tortishuv va bahslardan 
keyin ikkalasi o‘rtasida sulx tuzish yo‘llarini qidirdilar. Baroqxon Qaydu madadi 
bilan Xuroson va Iroq mulkini oldi
63

Al-Qarshiyning ta’kidlashicha, Baroq 670
64
/1271 yilning boshida 6 yillik 
hukmronligidan so‘ng Mirzo Ulug‘bek ta’rifiga ko‘ra
65
, falajlikdan vafot etgan. 
Qayduning topshirig‘i bilan 671/1272-1273 yilda Niqboy ibn Sarbon ibn Chig‘atoy 
Baroqdan so‘ng taxtni egalladi. Biroq siyosiy nizolar sabab, Qayduning amri bilan 
679/1280 yilda Bo‘qa-Temur ibn Qadag‘oy ibn Bo‘ri
66
ibn Mitukan ibn Chig‘atoy 
Niqboyni o‘ldirib, o‘rniga taxtga o‘tirdi. Bo‘qa-Temur uzoq hukmronlik qilib 
680/1281-1282 yilda vafot etdi
67

681/1282-1283 yilda Qayduning amri bilan Duva ibn Baroq hokimiyatni qo‘lga 
oldi. Muqaddam otasi Baroqni ham taxtga ko‘tarilishiga ko‘maklashgan edi. Qaydu 
bilan Baroq o‘rtasida hamkorlik hamda do‘stlik aloqalari mavjud edi.
Niqboy va Bo‘qa-Temurlar uzoq muddat hukmronlik qilgan bo‘lsa-da, 
Qayduning soyasida hech qanday Chig‘atoy nasli uchun ahamiyatli siyosatga yoki 
59 
Бароқ ҳижрий 663 йил бошида/октябр 1264 йилда Ўзгандда Олғўй ва Ўркина-Хотуннинг барча бойликларини 
қўлга киритиб тахтга ўтирди. – Бартольд В.В. Туркестан. Т. I. – М.: Наука, 1963. – С. 580.
60
Рашид ад-дин. Т. II. – М., - Л.: Наука, 1960. – С. 99. 
61
История Монголов. – С. 112. (Хондамир. Хуласат-ул-Ахбар). 
62
41
b
-42
a
-.حارصلاب تاقحلملا .يشرقلا لامج
63
Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. – Б. 188. 
64
Хондамир ва Мирхо Улуғбекнинг зикрича Бароқхон 668 йилнинг оҳирида вафот этади. – Қаранг: Мирзо 
Улуғбек. Тўрт улус тарихи. – Б. 187-191.; История Монголов. – С. 112. (Хондамир. Хуласат-ул-Ахбар). 
65
Тўрт улус тарихида Бароқнинг ўлими сабабчиси мифатида Қайдуга ишора этилаган. – Қаранг: Мирзо Улуғбек. 
Тўрт улус тарихи. – Б. 191. 
66 
Абишка номли ўғли ҳам бўлган. - Бартольд В.В. Туркестан. Т. I. – М.: Наука, 1963. – С. 573. 
67
42
a
-.حارصلاب تاقحلملا .يشرقلا لامج



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling