2022 y Mavzu: Abbosiylar hukmronligi davrida arab xalifaligi madaniyati
Abbosiylar hukmronligi davrida arab xalifaligining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti
Download 74.99 Kb.
|
BahromovBekzodO\'zbtar
2. Abbosiylar hukmronligi davrida arab xalifaligining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti
Arablarning VI-XI asrlardagi tarixi asosan feodal tuzumning vujudga kelishi bilan bog`liqdir. Feodal tuzumiga Osiyo xalqlari o`ziga xos tarzda o`tdilar. Shimoliy Afrika, G`arbiy va Markaziy Osiyoda feodal jamiyatiga o`tish islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bevosita bog`liq holda shakllandi. Xristian dini G`arb mamlakatlari madaniyatida qanchalik muhim ahamiyat kasb etgan bo`lsa, Islom dini Sharq mamlakatlariga xuddi shunday ta'sir ko`rsatdi. Arablar istilo qilgan mamlakatlarda islom dini tarqaldi hamda feodallashuv jarayoni tezlashdi. Mana shu jarayonlarning shakllanishi arablar tarixini uch davrga bo`ladi. Shundan uchinchisi Abbosiylar sulolasi davri bo’lib, bu davr 750-1258 yillari hokimiyat tepasida bo’lishgan. Ummaviylar sulolasi hukmronligining so’nggi davrlariga kelib, siyosiy va iqtisodiy ahvol og’irlashib ketgach, 747 yilda Abu Muslim boshchilik ummaviylarga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. Qo’zg’olon keng tus oldi va kattagina siyosiy oqibatlarga olib keldi. Eron va Mesopotamiya feodallari birlashib, 750 yilda ummaviylarni ag’dardi, bunda ular Abu Muslim boshliq xalq – dehqon harakatidan foydalandilar. Xalifalik taxtini AbulAbbos Saffoh egalladi va yangi Abbosiylar sulolasiga asos soldi, bu dinastiya 750 – yildan 1258 yilgacha idora qildi. Xalifalikning poytaxti AbulAbbos Saffohdan keyingi xalifa Mansur davrida – 762 yilda qurilgan Bag’dod shahri bo’di. Shunday qilib, arablar siyosiy hayotining markazi Suriyadan Mesopotamiyaga ko’chirildi61. Abbosiylar zamonida arab dalati juda ham taraqqiy topdi. Bag’dod xalifaligi VIII – IX asrlarda ayniqsa kuchli edi. Bu vaqtda – Bag’dodni barpo etgan Mansur (754 – 755), Karl Buyukka zamondosh bo’lib, u bilan do’stona diplomatik aloqa qilgan Ma’mun ( 813 – 833) kabi qudratli xalifalar idora qildi. Abbosiylarning “oltin davri” Mu`tazid zamonida (892 – 902yy) tugadi. Xalifalik ana shu vaqtdan boshlab tushkunlikka yuz tutdi. Abbosiylar davlatida Eronning tasiri kuchli edi. Bu ta’sir vazirlik (buyuk vazir-xalifaning birinchi vaziri) unvonining joriy qilinishida ham, soliq solishda eron usullarining o’zlashtirishda (yer tuzilishining Erondagiga o’xshashi) ham, xalifalik ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo’linib, ularga amirlar boshliq qilib qo’yilishida ham namoyon bo’ldi. Abbosiylarning poytaxti – Bog’dod doira shaklida bo’lib, uning atrofi ikki qator devor bilan o’ralgan edi. Bu shahar zodagonlar shahri, xalifaning qarorgohi va uning ma’muriy poytaxti bo’lish bilan birga juda katta bir hunarmandchilik, ayniqsa savdo markazi ham edi. Bog’dod bozorlariga uzoq – uzoq mamlakatlardan savdogarlar kelar edi – bu erda vizantiyaliklar, xitoylar, hindlar, malayyaliklar, Shimoliy, G’arbiy va hatto Markaziy Afrikada yashovchi kishilarni ham uchratish mumkin edi. Bag‘dod xalifaligi davridagi katta xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib, ba’zan butun-butun okruglarni va hatto viloyatlarni o‘z ichiga olardi. Bu qo‘zg‘olonlar odatdan tashqari uzoq davom etardi. Chunonchi, Mansur xalifa vafotidan keyin, O‘rta Osiyoda dehqonlarnipg katta qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. U 776 yilda boshlanib, 783 yilda tamom bo‘ldi. Bu qo’zg‘olonga Marv shahri atrofidan chiqqan Muqanna («chodir yopingan odam») laqabli Hoshim ibn Hakim degan bir kishi boshchilik qildi. Bu qo‘zg‘olonda mazdakiylar harakatining ta’siri bo’lib, mazdakiylar mol-mulkning o‘rtada bo‘lishini va hayotning noz-ne’matlaridan foydalanishda hamma teng bo‘lishini talab qilar edi. IX asrning boshida Ozarbayjonda ham dehqonlarning ikkinchi bir katta qo‘zg‘oloni ko‘tarildi, u keyin Eronga va Kavkazortining boshqa joylariga ham tarqaldi. Bu qo‘zg‘olonga Bobek boshchilik qilib, u ham erkin jamoa tartiblarining tiklanishini talab qildi. Bu qo‘zg‘olon 20 yildan ortiqroq davom etdi (815—837)62. IX asrning oxiri —X asrning boshlarida xalifalikning janubida dehqonlar harakati ko‘tarildi, bu harakatga Karmat boshchiligida qo’zg’olon bo’lib, u o‘zini «payg‘ambar» deb e’lon qildi. Uning atrofiga juda ko‘plab qochoq dehqon va qullar kelib to‘plandi. Qo‘zg‘olonchilar katta qal’a qurdilar, bu qal’ani xalifa qo‘shinlari ololmadi. Keng ko‘lam olgai xalq harakatlari xalifalikni larzaga keltirib, ko‘p vaqtgacha uning birligini buzib qo‘ydi. Biroq xalifalikning parchalanishiga boshqa sabablar ham bor edi. Xalifalik turli mamlakatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, turli-tuman xalqlarning murakkab bir konglomeratidan iborat ediki, bulardan ba’zilari o‘tmishda o‘ziniig yorqin tarixiga ega edi; shuning uchun ham bu xalqlar o‘z mustaqilligini tiklashga iitilar edilar; ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlannshi natijasida mahalliy aloqalar mustahkamlanib borgan sari bu intilish kuchayib borardi. Shu bilan birga xalifalik hokimiyati tobora zaiflashib bormoqda edi. Feodallashuv jarayoni Sharqda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, feodalizm taraqqiyotining ilk davrida G‘arbda qanday natijalarga olib kelgan bo‘lsa, bu yerda ham xuddi shunday natijalarga olib keldi. Mahalliy zodagonlar markaziy hukumat zarariga kuchayib bordi va ajralishga intildi. Amirlar, yer egalariga suyanib turib, o‘zlarnning mahalliy dinastiyalaryni vujudga keltira boshladilar. Xalifalik amaldorlari tomonidan markazlashtirilgan yer rentasi solig‘ining to‘planishiga qarshi ko‘tarilgan dehqon qo‘zg‘olonlaridan mahalliy zodagoilar o‘zlarining separatistik maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanar edilar. Xalifalik haqiqatda VIII asrdayoq iarchalana boshlagan edi. 756 yilda Qurdoba amirligi ajralib chiqqandan keyin (929 yildan boshlab u xalifalikka aylandi) VIII asrning oxiri — IX asrning boshlarida Marokash bilan Tunis ajralib chiqdi. IX asrning o‘rtalarida Misr mustaqil bo‘lib qoldi (bu erda avvaliga tulunlar, keyinchalik X asrda Alining avlodlari— Fotimiylar idora qila boshlab, ular 969 yildan e’tiboran Misrni mustaqil Qohira xalifaligiga aylantirdi). IX va X asrlarda Eron ajralib chiqdi, avval sharqiy Eron (Xuroson), keyin esa g‘arbiy Eron ham ajralib chiqdi. Amudaryoning bu tomonidagi Mavoraunnahr deb atalgan joyda Somoniylar davlati tuzildi, uning markazi Buxoro shahri bo‘ldi, bu davlat X asrning boshidan qariyb oxirigacha yashadi. Frotda mustaqil bir davlat — Movsul sultonligi tuzildi. X asr o‘rtalarida Sharqiy Eron yerlari va Afg‘onistonning bir qismi qo‘shilib, eron-turklardan iborat kuchli G‘aznaviylar davlati vujudga keldi, bu davlatning poytaxti G‘azna shahri bo‘ldi. X asrning o‘rtalariga kelib xalifaning qo‘l ostida Arabiston va Mesopo-tamiyaning Bag‘dod atrofidagi bir qismigina qoldi. 945 yilda Erondagi shia feodal xonadonlaridan biri bo‘lgan Buiylar xonadoni Bag‘dodni bosib olib, xalifalikning uzoq vaqtgacha idora qildi. O’g’uz qabilalarning boshlig‘i To‘g‘rulbek sulton deb e’lon qilindi. Shundan keyin xalifalar qo‘lida faqat diniy hokimiyatgina qoldi. Shu tariqa Abbosiylar sulolasi vakillari Bag‘dodda uzoh vaqtgacha, mo‘g‘ullar istilosigacha, ya’ni 1258 yilgacha hukmronlik qilishdi. 1258 yili Chingiziy Xulakuxon Abbosiylar sulolasiga to’la barham berdi. Download 74.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling