21-modda. Soliq to‘lovchilarning huquqlari


-modda. Soliq to‘lovchining vakillari


Download 23.11 Kb.
bet4/7
Sana01.04.2023
Hajmi23.11 Kb.
#1315019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
soliq to\'lovchilarning xuquqlari

24-modda. Soliq to‘lovchining vakillari
Soliq to‘lovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli.
Vakilning vakolatlari ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi.
Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z vakolatlarini fuqarolik qonunchilikka muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘la olmaydi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi qonun asosida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli:
soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror va uni tugatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda;
soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda;
soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bo‘yicha ular soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa.
Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxs ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash bo‘yicha ushbu Kodeks bilan o‘zlariga berilgan vakolatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir.
.



Download 23.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling