27-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari


Download 360.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi360.4 Kb.
#1485776
1   2   3   4
Bog'liq
27 мавзу

Namuna 
Tarjimayi hol 
Men, Fayzullayev Alisher Bahodirovich, 1987-yilning 20-aprelida Jizzax shahrida, 
xizmatchi oilasida tug„ildim. Otam - Fayzullayev Narzulla, Jizzax davlat pedagogika institutida 
o„qituvchi, onam – Karimova Salima savdo tizimida sotuvchi bo„lib ishlaydilar. Opam – 
Fayzullayeva Gulnoza maktabda o„qituvchi bo„lib ishlaydi. Akam – Fayzullayev Shuhrat – 
Samarqand iqtisodiyot va servis institutining II kurs talabasi. Ukam - Firdavs 7-sinfda, ukam - 
Jahongir 2-sinfda o„qiydilar.
1994-yildan 2004-yilgacha Jizzax shahridagi 7-maktabda o„qidim. Maktabda sinf devoriy 
gazetasi muharriri bo„ldim. Kimyo va biologiya fanlariga juda qiziqaman. Biologiya fani 
bo„yicha viloyat olimpiadasida g„olib chiqib, O„zbekiston Xalq ta`limi vazirligining faxriy 
yorlig„i bilan taqdirlandim. 


O„rta maktabni tamomlagach, 2004-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining Davolash 
fakultetiga o„qishga kirdim. Hozirda institutning ikkinchi kurs talabasiman. Fakultet va institut 
jamoat ishlarida faol qatnashaman. “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati a`zosiman. 
Bo„ydoqman. 
Mening turar joyim: Toshkent shahri, Tamaraxonim ko„chasi, 5-uy 
2005-yil 5-sentabr
(imzo) 
A.Fayzullayev 
 
4
-mashq. Yuqoridagi Tarjimayi hol matnidan quyidagi ma`lumotlar bilan bog„liq 
gaplarni toping va daftaringizga ko„chiring: 
a) tug‘ilgan joyi va vaqti haqida; b) o‘qish faoliyati to‘g‘risida; v) ota-onalar to‘g‘risida. 
 
5
-mashq. Keltirilgan so„z birikmalaridan foydalanib, bajarayotgan jamoat ishlaringiz 
haqida ma`lumot bering. Daftaringizga yozing. 
Namuna: Men guruh yetakchisiman. 
Talabalar ilmiy jamiyati raisi, to„garak raisi, tahririyat a`zosi, institut "Yosh yuristlar klubi" 
a`zosi, talabalar uyi kengashi a`zosi. 
 
 
 
Uyga vazifa. O‟z tarjimayi holingizni yozib keling. 
Ariza va tarjimayi holga namunalar yozib kelish

Download 360.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling