3-ma’ruza. Mashinali o’qitishda instrumental vositalardan foydalanish. Matlab dasturiy muhiti bilan ishlash. Reja
MATLAB dasturiy muhitining vazifalari, imkoniyatlari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу-MO\' da Матлаб
1. MATLAB dasturiy muhitining vazifalari, imkoniyatlari,
kengaytmasi, yordam tizimi va oddiy hisoblashlarni bajarish. 1.1. MATLAB tizimi haqida Bugungi kunda fan texnika olamida murakkab bo’lgan masalalarni, vazifalarni yechish uchun turli xil dasturlash tillari va vositalardan foydalaniladi. Hisoblash jarayonlarida bir qator doimiy takrorlanuvchi standart jarayonlar alohida paket deb ataluvchi maxsus dasturlar tarkibiga kiritiladi. Dasturlar paketi o’z navbatida obyektli modelni vujudga keltiradi. Amaliy masalalar bir nechta paketlarga bo’linib, kompyuter algebrasi deb ataluvchi bir necha dasturiy ta’minotlar tarkibiga kiritilgan. Bularga Merkury, Maple, Mathematika, Matkad , MATLAB kabi dasturlar kiradi. Bu dasturlarning har biri o’z kamchilik va yutuqlari bilan alohida o’rganib chiqishga arziydi. MATLAB dasturi 70-yillar oxirida Moler tomonidan sodda hisoblash jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3 avlod EHM da ishlash uchun mo’ljallangan edi. 80-yillar o’rtalariga kelib Little Mathworks kompaniyasi xodimi tomonidan MATLABning 4-avlod EHM ga mo’ljallangan PC MATLAB versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi versiya bilan o’xshash jihatlari ko’p bo’lib, bir nechta matematik paketlargina oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda MATLABning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko’rish mumkin. 4-versiyada MATLABning dastlabki versiyalarni xususiyatlari saqlanib qolgan. 5-versiya tarkibida ilk bor grafik muhit ishchi stoli yaratilgan. Shu bilan birga MATLABning 5-versiyasida 16 bit va 24 bitli RGB ranglar bilan ishlash, yuqori o’lchamli matritsalar bilan ishlash, fazoviy figuralarni chizish faqat sonlar bilan emas, balki matematik formulalar bilan ishlash imkoniyatlari kiritilgan. MATLABning 6-versiyasi bu dastur rivojining eng asosiy cho’qqilardan biri hisoblanadi. 5-versiyaga qo’shimcha ravishda boshqa dasturlash tillariga eksport va import murakkab bo’lgan jarayonlar matematik modelni grafika bilan ishlash, boshqa kompyuter algebrasi dasturlar bilan moslasha olish jarayonlari qo’shimcha sifatida kiritilgan. MATLAB ишга тушгандан кейин экранда унинг асосий ойнаси пайдо бўлади (3.1-расм). Bu oynalarni 3.2- rasmdagidek nomlashimiz mumkin. MATLAB menyusi quyidagicha: 1. Buyruqlar oynasi (Command Window); 2. Brouzerning ishchi qismi (Workspace Browser); 3. Massiv muharriri (Array Editor); 4. Buyruqlar tarixi oynasi (Command History); 5. Ayni vaqtdagi katalog brouzeri (Current Directory Browser); 6. Start tugmasi (Start); 7. Brouzer so’rovnomasi (Help Browser); 8. Muharrir (Editor/Debugger); 9. Sharhlovchi(Profiler). 3 3.1-расм. MATLAB ойнасининг умумий кўриниши. 3.2- rasm. MATLAB oynalarining nomlanishi. Ishchi qism Buyruqlar oynasi Tarix oynasi 4 Asosiy buyruqlar oynasi MATLAB dagi barcha buyruqlarni paketlarni va kutubxonalani e’lon qilish oynasi hisoblanadi. O’zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida e’lon qilingan o’zgaruvchilarni daraxt ko’rinishida ifodalab boradi. Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma- ketligi saqlanib qoladi. MATLABda seans ishi tushunchasi sessiya (session) deb yuritiladi, ya’ni foydalanuvchi ayni vaqtda foydalanayotgan xujjat - bu sessiyadir. Unda kiritish- chiqarish satrlari va xatoliklar haqida axborot joylashgan bo’ladi. MATLAB sessiyaga kiruvchi barcha o’zgaruvchi va funksiyalar qiymatlari xotiraning ishchi qismida joylashgan bo’ladi. Save (saqlash) buyrug’i yordamida ularni (MATLAB.mat) - da saqlash mumkin. Load (yuklash) buyrug’i esa ma’lumotlarni diskdan ishchi sohaga kiritish imkonini beradi. Diary (kundalik) buyrug’i orqali ma’lumotlarni ayrim qismlarini kundalik ko’rinishida saqlash mumkin. Buyruqlar oynasini boshqarish buyruqlaridan eng muximlarini keltiramiz: - clc - ekranni tozalaydi va kursorni bo’sh ekranning yuqori chap qismiga joylashtiradi; - home - kursorni ekranning yuqori chap qismiga qaytaradi. Jadal su’ratlar bilan rivojlanib borayotgan kompyuterlashgan matematik tizimlar (KMT), ayniqsa, sonli hisoblashlarga yo’naltirilgan tizimlar orasida MATLAB matrisali matematik tizim alohida ajralib turadi. MATLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar soni ko’pligi uning juda ko’plab soha masalalarini hal qilishga joriy etish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunga kelib MATLAB tizimi zamonaviy matematik va ilmiy-texnikaviy dasturiy ta’minoti sohasida deyarli jahon standarti bo’lib qoldi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling