3-ma’ruza. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari


Yangi hujjat fayli yaratish va ular bilan ishlash


Download 1.26 Mb.
bet6/9
Sana04.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1324956
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Yangi hujjat fayli yaratish va ular bilan ishlash


Microsoft Word 2010 dasturini ishga tushirish «Пуск»→ «Все программы»→ «Microsoft Office»→ «Microsoft Word 2010» ketma-ketlikda ishga tushiriladi. Unda yangi fayl tashkil etish uchun «Файл» tugmasi bosilib


«Создать» buyrugi beriladi.
Matnlar kiritishda, avvalo matn nimalardan tashkil topadi, ya’ni matnning tashkil etuvchi elementlari haqida bilimga ega bo’lish lozim. Demak, matn – belgi, so’z, qator, matn bo’lagi, abzats (xat boshi), sahifa kabi tashkil etuvchilardan iborat. Belgi (belgi) – bu matnning eng kichik elementidir. U o’lchov, yozilish usuli (oddiy, qalin, yozma, chiziqli), rang, shrift, pozitsiya (yozilish o’rni) kabi hususiyatlarga egadir. Belgilar ketma-ketligi yordamida – so’z, matn bo’lagi, abzats, matn sahifasi kabi obektlarni tashkil etadi
So’z – bu ikki tomondan ajratuvchi belgilar (bo’sh joy belgisi, nuqta, vergul va h.k.) bilan chegaralangan belgilar ketma-ketligidir. So’zning birinchi (oxirgi) belgisi mavjud va undagi belgilar soni cheklangan (so’z o’zunligi).
Matn bo’lagi — matnning belgilab olingan qismi.
Abzats — ikkita “Enter” ( ) belgisi orasiga olingan so’zlar va belgilar ketma- ketligidir.
Sahifa — bu hujjat faylining bir varog’idir.
Asosiy global obekt — matnning o’zidir. Qo’shimcha xususiyatlari: matn boshi va oxiri, matndagi qatorlar soni, matnning varoqda joylanishi kabilar.
Kompyuterga matn kiritish qoidalari quyidagicha:

  1. Belgi kursor turgan joyga kiritiladi.

  2. Sichqoncha ko’rsatkichi kursorni kerakli joyga tez olib borish uchun ishlatiladi va matn terish jarayonida qatnashmaydi.

  3. “ENTER” tugmachasini faqat abzats oxirida bosish zarur.

  4. Matnni o’rtaga joylashtirish, abzats masofasini qoyish va matnni bir tomonga surish uchun «Probel» (bo’sh joy belgisi) tugmachasidan foydalanish tavsiya etilmaydi.

  5. Matn terish jarayonida uni tez-tez xotiraga saqlab qoyish lozim.

  6. Sahifalarda tartib raqamlar klaviaturadan kiritilmaydi.

  7. Matn nomidan keyin va matnga tegishli bo’lgan bo’limlar nomidan keyin nuqta belgisi qoyilmaydi. Agar matn nomi bir necha gapdan hosil bo’lgan bo’lsa ham oxirgi gapdan keyin nuqta belgisi qoyilmaydi. Tartib nomerlaridan keyin matn nomlari matn bilan bir qotorda yozilganda bo’sh joy bilan ajratilishi shart.

  8. Tinish belgilaridan oldin bo’sh joy qoyilmaydi. Tinish belgilaridan keyin bo’sh joy qoyilishi shart. Tire ikki tomonlama bo’sh joy bilan ajratiladi. Defiz bo’sh joy bilan ajratilmaydi.




  1. Indeks va ko’rsatkichlardan oldin va keyin elementlar terilganda bo’sh joy belgisi qoyilmaydi. Masalan, H2O, м3/c kabi holatlarda.

  2. Familiya va initsiallar terilganda har xil qatorlarda bir-biridan ajratilgan holda yozilishi mumkin emas.

  3. Qator oxirida predlog, bo’g’lovchilardan boshlanadigan gaplarni, gap o’rtasida bitta harfli bo’g’lovchi va predloglarni qoldirib bo’lmaydi.

  4. Foiz belgisi (%) tegishli bo’lgan sonlarga qoyiladi va ajratib yozilmaydi. Matnlarni kiritish, asosan, klaviatura orqali bajariladi. Matnlarni kiritish uchun klaviaturada mavjud bo’lgan harf va belgilardan foydalaniladi. Belgilar

kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq o’ng tomonga
suriladi. Satrning o’ng chegarasiga yetgandan so’ng matn avtomatik ravishda keyingi satrga o’tadi.
MS Word hujjati faylini saqlash uchun “Файл\Сохранить” buyrug’i beriladi. Agar hujjat fayli nomini boshqa nom ostida saqlash kerak bo’lsa, “Файл\Сохранит как” buyrug’i beriladi.
Kompyuterdagi mavjud MS Word hujjati faylini ochish uchun esa “Файл\Открыть” buyrug’i beriladi va “Открытие документа” muloqot oynasidan kerakli papka va fayl tanlananib “Ok” tugmasi bosiladi.
Tayyor hujjat faylini bosmaga chiqarish uchun “Файл\Печать” buyrug’i beriladi. Bunda pechat nomli muloqot oyna ochiladi. Bu oyna yordamida hujjat fayli kerakli nusxada bosmaga chiqariladi.
Hujjat bilan ishlashni yakunlash uchun “Файл\Закрыть” buyrug’i beriladi.
Dastur oynasini yopish uchun “Файл\Выход” buyrug’i beriladi.



      1. Download 1.26 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling