3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet16/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Arab xalifaligi tangalari. 630 yillarda Arab xalifaligi Markaziy Osiyoda keng hududlarni o‘z tasarrufiga kiritishi, tangalarning mazmun va mohiyatida ham aks etdi.

VII asrdan boshlab arab istilosi Turkistonni ham o‘z domiga tortdi. Bu holat ijtimoiy hayotning hamma sohalariga shu bilan bir qatorda tangalarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

VII asr oxirida Abdumalik Ummaviy pul islohotini o‘tkazib, musulmon tangasini zarb qilgan. Shundan e’tiboran tangalar sof epigrafik, ya’ni ularda faqat yozuvlar joylashtiriladigan bo‘ldi. Bu davrda zarb etilgan yangi tangalar ikki tomonida ham tasvirlarning yo‘qligi bilan oldingi tangalardan ajralib turdi. Asta-sekin yozuvlar bir tartibda yozila boshladi. Tanganing aversiga “La iloha illolloh”, reversiga esa “Muhammad Ollohning rasuli” degan yozuvlar bitilgan. Aylanma yozuvlar suralardan iborat bo‘lgan. Tanganing aversida zarbxona nomi, hijriy hisob bo‘yicha zarb etilgan yil keltirilgan.

Xalifalikda oltin, kumush, misdan tangalar zarb qilingan va ularning nomi metallga bog‘liq edi. Oltin tangalar - dinor, kumush tangalar – dirham mis tangalar – fulus deb atalgan.

Ilk musulmon tangalari ismsiz bo‘lgan. Keyinroq halifalar, noiblarning ismlari paydo bo‘ladi. Musulmon tangalari ko‘fiy yozuvda yozilganligi uchun VII-IX aslardagi tangalar ko‘pincha kufiy tangalar deb yuritilgan. Dinor va dirhamlarni faqat dastlabki vaqtda halifalik zarb qilish huquqiga ega bo‘lgan. Mis tangani esa vorislar, amirlar tanga chetiga o‘z nomlarini yozdirib zarb qilishlari mumkin edi. Oltin tanga tashqi savdo uchun zarb qilingan edi. Halifalikning xalqaro savdosi kumush tangalar dirhamlar muomalada bo‘lgan.

Movarunnahrda arablar istilosidan keyingi vaqtlarda xalifalik tangalari bilan bir qatorda mahalliy tangalar ham muomalada bo‘lgan va noiblar tomonidan ham o‘z nomlari bilan arab yozuvida tangalar zarb qilish huquqini olganlar.

Asta-sekin VII-IX asrlarda Buxoro, Samarqand, Shoshda umum xalifalik tangalari dirham, fuluslar zarb qilina boshlangan. Bundan tashqari vaqti-vaqti bilan zarb qilinadigan shaxslar ham bo‘lgan.

O‘rta asr Sharq mamlakatlari tangalarida rasmlar tasvirlash mumkin bo‘lmagan. Tangalarning aversida Qur’ondan oyat, sanasi qayd qilingan. Tanganing reversida oyatning davomi, Muhammad, halifaning ismi, amir yoki tangani zarb qilgan hokimning ismi keltirilgan.




Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling