3. Qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini


Rangli metallarning temir-tersak parchalari va chiqindilarini xalq xo‘jaligida turli marka, sinf va navlarga bo‘linishi


Download 56.83 Kb.
bet3/4
Sana02.11.2023
Hajmi56.83 Kb.
#1739655
1   2   3   4
Bog'liq
Metallarresiklingi3-bob

3.2. Rangli metallarning temir-tersak parchalari va chiqindilarini xalq xo‘jaligida turli marka, sinf va navlarga bo‘linishi
Rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilar ishlab chiqarishda, ishlatish muddati o‘tishida, rangli metallardan turli xil detallar tayyorlashda hosil bo‘ladi. Ikkilamchi xom ashyo quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Amartizatsion chiqindilar.

  2. Maishiy temir-tersaklar va chiqindilar.

  3. Ishlab chiqarish chiqindilari.

Xalq xo‘jaligida ikkilamchi xom ashyolardan ratsional foydalanish maqsadida rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilariga Davlat standarti belgilangan. Davlat standartiga muvofiq har bir turdagi xom ashyoni sifati aniqlanadi va iste’molchiga etkaziladi. Ikkilamchi rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruh va markalarga, fizik xususiyatlariga ko‘ra - sinflarga va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nav (sort)larga ajratiladi. Ikkilamchi rangli metallarni fizik alomati - ularning qaysi temir-tersakka, qism chiqindilariga, list kesimlariga, shlamlarga yoki boshqa chiqindilarga tegishliligini aniqlaydi.
Rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilari to‘rt sinfga bo‘linadi. Bu sinflarga quyidagi temir-tersaklar kiradi:

  1. A sinfga - temir-tersaklar va bo‘lak-bo‘lak chiqindilar;

  2. B sinfga - qirindilar;

  3. V sinfga - kukunsimon chiqindilar;

  4. G sinfga-boshqa chiqindilar.

Guruhlar bo‘yicha bo‘linish, guruhda bir-biriga kimyoviy tarkibi bo‘yicha yaqin bo‘lgan qotishmalarni biriktirishiga asoslangan. Bunda bir guruhdagi temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlab mazkur tarkibdagi qotishmalar olish mumkin.
Birinchi guruhga toza metallar, keyingi guruhlarga ularni qotishmalari kiradi. lyuminiy, mis, nikel, qalay, ruxni har bir sinfini oxirgi guruhlariga past sifatli aralashgan temir-tersak va chiqindilar kiradi.
Temir-tersak va chiqindilarni navlarga bo‘lishda, ularni ifloslanishi, massasi va o‘lcham (gabarit) lari hisobga olinadi.
Birinchi navga G sinfdan tashqari hamma temir-tersak va chiqindilar kiradi. Birinchi navga tegishli temir-tersak va chiqindilarni qo‘shimcha ishlov bermasdan metallurgik qayta ishlash mumkin. Past sifatli va G sinfga tegishli temir-tersaklar va ularning chiqindilaridan tashqari, barcha temir-tersak va chiqindilar maxsus pasport bo‘yicha etkazib beriladi. Bu pasportda temir-tersak va ularning chiqindilarini nomlanishi, sinfi, guruhi ko‘rsatiladi.
Rangli metall va qotishmalarning temir-tersaklari va chiqindilari har bir xili (alohida metall), sinfi, guruhi yoki markasi alohida yig‘ilishi kerak. Ya’ni bir metall temir-tersaklari va chiqindilari ikkinchi metall temir-tersaklari va chiqindilari bilan bir guruh, sinf, marka temir-tersaklari va chiqindilari ikkinchi guruh, sinf, marka temir-tersaklari va chiqindilari bilan aralashishi qa’tiyan ta’qiqlanadi. Faqat ayrim hollarda iste’molchi bilan kelishilgan hollardagina aralashgan temir-tersak va chiqindilar yig‘iladi.
Har qanday rangli metall va qotishmalarning sochiluvchan qirindilarining uzunligi 100 mm dan oshmasligi va 3 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Topshirilgan temir-tersaklari va chiqindilarni portlash xavfi bor-yo‘qligi tekshiriladi, portlash xavfi bo‘lgan detallar, qirindilari detal qismlari ajratib olinadi. Bundan tashqari barcha yig‘ilgan temir-tersaklari va chiqindilarning portlash xavfi bor-yo‘qligi nazorat shaklida tekshiriladi.
Yopiq idishlar, rezervuarlar, balonlar, bochkalar, trubalar va boshqa jismlar ichi to‘liq bo‘shatiladi, bundan tashqari bu jismlarning ichi tekshiriladi. Standart bo‘yicha samolyot va harbiy texnika temir-tersaklari yoqilg‘idan, moylovchi materiallardan, suyuqliklardan tozalanadi. Bundan tashqari harbiy texnika temir-tersaklari o‘q doridan, portlash xavfi bo‘lgan agregatlardan, qismlardan, detallardan ajratiladi. Portlash xavfi bo‘lgan temir-tersaklar keyingi qayta ishlashga yuborilishdan oldin, maxsus alohida maydonchalarda pirotexnik rahbarligida tekshiriladi.
Navga bo‘linishi tegishli metallarni miqdori va zararlanishiga bog‘liq. Metall miqdori qancha ko‘p va zararlanish qancha kam bo‘lsa, rangli metallar temir-tersak va chiqindilarining navi shunchalik yuqori bo‘ladi. Zararlanish deb ularda chang, moy, tuproq, namlik, kraska, saqich, izolyasiyalovchi va o‘rovchi materiallarni, turli xil begona qismlarini, temir-tersak va chiqindiga kirmaydigan turli detallarni borligiga aytiladi. Past navlarga hech qanday talablarga javob bermaydigan metallar kiradi. Rangli metall parchalari va chiqindilari xar bir metalni va qotishmasini aloxida eritish uchun xom ashyo hisoblanadi. Rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta eritish quyidagi asosiy metallurgik pechlarida amalga oshiriladi: yallig‘ qaytaruvchi shaxtali, tigelli, elektro, yoyli, induksion va qarshilik pechlari. Alyuminiyli qotishmalar asosan alyuminiy temir-tersak va chiqindilarini elektropechlardan qayta eritish orqali olinadi. Bunda metalning kuyishi unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Sifatli ikkilamchi alyuminiy olish uchun alyuminiy rafinirlanadi, ya’ni turli xil aralashmalardan tozalanadi. Har qaysi metall va qotishmalarni temir-tersak va chiqindilardan eritib olish texnologiyasi o‘ziga xos xususiyatiga ega. Masalan: bronza va latunni eritish yallig‘ pechda olib boriladi. Dastavval suyuq vanna hosil qilish uchun bo‘lak-bo‘lak temir-tersaklar va ularni chiqindilari eritiladi. Keyin shixta yuklanadi. Shixta - bu pechlarda eritilishi kerak bo‘lgan ma’danli xom ashyo bilan flyuslar qorishmasidir.
Qizdirish rejimi shixtaning tarkibiga qarab o‘zgartiriladi: ya’ni toza misni eritish, latunli chiqindilarini eritishga nisbatan jadal olib boriladi. Eritishni tezlatish uchun qattiq shixta aralashtiriladi. Paketlar po‘latli ilgak bilan tutiladi, yumshatiladi.
Qiyin eriydigan shixtalar yuqori temperaturali zonalariga yuklanadi, ya’ni hamma solingan narsalarning eng ustki qismiga tashlanadi. Gorizontal joylashgan yoyli elektropechlarda rux miqdori yuqori bo‘lgan qalayli bronza eritiladi. 1000-11000C temperaturaga qizdirilgan pechga dastavval zich shixta bo‘lmagan ruh metali bronza va mis temir-tersak va chiqindilari xomaki bronza zich shixta yuklanadi. Shixta flyus bilan qoplanadi. Qizdirish 12000 C ga etganda, latunli temir-tersaklar, bronza va latun qirindilari solinadi. Flyus - metallurgiyada shixta tarkibiga qo‘shiladigan va yuqori temperaturada keraksiz jismlar bilan reaksiyaga kirishib shlak hosil qiluvchi modda shlakning suyuqlanish temperaturasini kamaytiradi.
Hamma solingan xom ashyolar erigandan so‘ng shlak chiqarib yuboradi va qalay va qo‘rg‘oshin qizdiriladi. Metall 1100-11500C temperaturada chiqarib olinadi. Qo‘rg‘oshinli ikkilamchi qotishmalarni akkumulyator chiqindilarni shaxtali pechda eritish orqali olish mumkin. Mayda sochiluvchan xom ashyolar qizdirilib biriktiradigan konveyer mashinalarda bo‘lak xoliga keltiriladi.
Shixtali eritish jarayonida xomaki qo‘rg‘oshin yoki babbitlar ishlab chiqarish uchun qotishma olinadi. Unga o‘tkir, achchiq o‘yuvchi natriy xlor natriy va selitra bilan ishlov beriladi, bug‘ puflanadi, alyuminiy qo‘shib aralashmalardan tozalanadi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, har qaysi markadagi temir-tersak va chiqindilardan rangli metallar va qotishmalar olish juda ham murakkab jarayon bo‘lib maxsus o‘rganishlarni talab qiladi.

Download 56.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling