3-sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasi


II BOB. 3-sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana05.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#212338
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
3-sinfda massa olchovlarini orgatish metodikasi -1

II BOB. 3-sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasi 

2.1. Miqdorlarni o’rganish bo’yicha darslarni tashkil etish rejasi 

Miqdorlarni o’rganish bo’yicha darsni tashkil etish rejasi taxminan bunday: 

I  bosqich.  Narsaning  ko’plab  xossalari  orasidan  o’rganilayotgan  xossani 

aniqlash.  Bu  bosqichda  o’rganilayotgan  xossalarni  taqqoslash  usulidan 

foydalaniladi.  Har  bir  narsa  yakkalab  qo’yilmasdan,  balki  boshqa  narsalar  bilan 

taqqoslagan holda beriladi. 

Dastlab  taqqoslanayotgan  xossalar  orasidagi  farq  keskin  bo’lishi  lozim. 

Bolalar  belgilar  orasidagi  farqni  tushunib  olganlaridan  so’ng,  farq  kamaytirilishi 

mumkin. Masalan, bunday taqqoslaymiz: kitoblar solingan portfel og’irroqmi yoki 

daftarmi, dars uzunroqmi yoki tanaffusmi, sinf xonasi ko’p joyni egallaganmi yoki 

sport zalimi? 

II  bosqich.  Bir  jinsli  xossalarni  taqqoslashni  turli  usullar  bilan  o’tkazish 

mumkin: ko’z bilan ko’rib, hissiy  yo’l bilan, ustiga qo’yish bilan, turli o’lchovlar 

yordamida. O’lchovlar yordamida taqqoslash miqdorni beradi. 

III bosqich. Atamani kiritish va miqdorning o’lchov birligi bilan tanishtirish. 

IV  bosqich.  O’lchov  asbobi  bilan  va  unda  foydalanish  qoidalari  bilan 

tanishtirish. 

Har bir miqdor ustida olib boriladigan ishni tahlil etamiz. 




 

13 



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling