Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv.
ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
institutsional - ijtimoiy institutlar va ta’limmuassasalari tomonidan o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo - o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv - o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |